Kontent qismiga oʻtish

Xaybar Paxtunxva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xaybar-Paxtunxvadan yoʻnaltirildi)

Xaybar Paxtunxva – Pokistonning shimoli=gʻarbiy qismidagi hududiy birlik. 2010-yilgacha Shimoli-gʻarbiy chegara viloyati deb atalgan. Afgʻoniston bilan chegaradosh. Maydoni 74,5 ming km². Aholisi 17,5 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi – Peshovar shahri Relyefi, asosan, togʻli. Shimoldada Hindukush tizmalari (eng baland joyi 7690 m, Tirichmir togʻi) va Himolay togʻining gʻarbiy tizmalari joylashgan. Gʻarbiy qismi choʻl landshaftli past togʻlar va platolardan iborat.

Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi. Asosan, bugʻdoy, sholi, paxta, makkajoʻxori, tamaki va qand lavlagi ekiladi, shuningdek, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, mexanika ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (asosan, kulolchilik va uyroʻzgʻor buyumlari tayyorlash). Toshtuz va ohaktosh qazib olinadi.

Shimoli-gʻarbiy chegara viloyativ. 1901-yilda Panjob viloyatining bir qismidan tashkil etilgan. 1947-yildan Pokiston hududi.