Kontent qismiga oʻtish

Xayolim senda

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Xayolim senda“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1997
Yozib olingan 1997
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:38
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
Klipi
„Xayolim senda“ YouTubeda

Xayolim senda[izoh 1] — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1997-yil[manba kerak] chiqarilgan. Guruh solisti Tohir Sodiqov yakkaxon chiqishlarida „Xayolim senda“ qoʻshigʻini tez-tez ijro etib turadi[1]. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham Sodiqov yozgan[manba kerak].

„Xayolim senda“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. Guruh konsertlarini aynan shu qoʻshiq bilan yakunlash anʼanaga aylangan. Ashulani bir necha qoʻshiqchi, jumladan, Jasur Gʻoipov kaver qilgan[2].

„Xayolim senda“ qoʻshigʻida butun fikr-u xayoli suyukli yorida boʻlgan oshiq haqida kuylanadi. Qoʻshiq lya-major tonalligida yozilgan. Yakuniy naqorat esa bir ton yuqori, yaʼni si-major tonalligida.

  1. Koʻp manbalarda qoʻshiq nomi „hayolim“ oʻlaroq notoʻgʻri yozilgan.
  1. „M&TVA - 2012 Тақдимот маросими олдидан“. Fattohhon (24-dekabr 2012-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
  2. „Жасур Ғоипов устози учун муносиб совға тайёрлади“. SheJot (2-iyul 2014-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-iyul, 2022-yil(2022-07-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.