Kontent qismiga oʻtish

Xayoliy sotsializm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xayoliy sotsializm, utopik sotsializm – mulkning umumiyligiga, majburiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan ideal jamiyat haqidagi taʼlimot. Dastlab T. Morning „Utopiya“ asari (1516)da xayoliy sotsializmga oid fikrlar bayon qilingan. Xayoliy sotsializmning vujudga kelishida turli xalklarda asrlar mobaynida ilgari surilgan ijtimoiy adolat va tenglikni ifodalovchi xayoliy gʻoyalar asos boʻlgan. Xayoliy sotsializmning yirik vakillari: T.Myunser, T.Kampanella, J.Uinstenli, J.Melye, Morelli, G. B. Mabli, G.Babyof, T.Dezami, K. A. SenSimon, Sh. Furye, R.Ouen, A. I. Gersen va N. G. Chernishevskiy.