Kontent qismiga oʻtish

Xayr, maktabim

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Xayr, maktabim“
Ravshan Sobirov va „Setora“ guruhi qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 25-may, 2004-yil(2004-05-25)
Format Kasseta singli
Yozib olingan May, 2004
Studiya Tarona Records
Janr pop
Davomiyligi 6:01
Leybl Tarona
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Prodyuser(lar) Ravshan Yoʻldoshev
Klipi
„Xayr, maktabim“ YouTubeda

Xayr, maktabim“ („Xayr, maktabim!“ oʻlaroq ham yoziladi) — Ravshan Sobirov va „Setora“ guruhi ijrosidagi qoʻshiq. 2004-yil may oyida yozib olingan, oʻsha yili 25-may — soʻnggi qoʻngʻiroq kuni ilk marotaba ijro qilingan. „Ey, sinfdosh“ qoʻshigʻi bilan bilan bir qatorda Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlarda yashovchi oʻzbeklar orasida maktab bitiruvchilari madhiyasiga aylangan[1]. Bugunga qadar koʻplab ijrochi kaver qilgan qoʻshiq ham Sobirov, ham Setora guruhi repertuaridagi eng mashhur ashulalarning bir boʻlib keladi[2].

Qoʻshiqni Husan Sodiqov yozgan[3]. Ashulaning ilk aranjirovkasini Sobirovning gastrollardagi klavishchisi Odiljon Mahmudjonov tayyorlagan, yakuniy versiyasini „Bolalar“ aranjirovkachisi Vagif Zokirov tayyorlagan. Sobirov va „Setora“ ijrosida bitiruvchilar uchun maxsus ashula yozish taklifini Tarona Records studiyasi asoschisi Ravshan Yoʻldoshev taklif qilgan. Qoʻshiq klipini taniqli rejissyor Bahodir Yoʻldoshev olgan[manba kerak].

2023-yil Sodiqov qoʻshiqning yangi talqinini oʻz YouTube kanalida eʼlon qilgan

2000-yilning may oyida Tarona Records studiyasi asoschisi, qoʻshiqchi Lola Yoʻldoshevaning otasi Ravshan Yoʻldoshev „Bolalar“ guruhi aʼzosi, Ravshan Sobirovning amakisi Husan Sodiqovga Sobirov va „Setora“ guruhi ijrosida bitiruvchilar uchun „parad“ ashulasini yozishni taklif qilgan. Yoʻldoshev qoʻshiqni Tarona Recordsda yozib olishni taʼminlashni hamda klip olib berishni vaʼda qilgan.

Buning ortidan Sodiqov Sobirovning Oʻzbekiston boʻylab gastrollari davomida ashulani yoza boshlagan. Ashulaning ilk nusxasi tayyor boʻlganidan keyin, Sobirovning gastrol klavishchisi Odiljon Mahmudjonov oʻzining Korg sintezatorida dastlabki aranjirovkani tayyorlagan.

Ashulaning ilk versiyasi tayyor boʻlganidan keyin, Sodiqov uni „Bolalar“ guruhi aranjirovkachisi Vagif Zokirovga yuborgan. Zokirov uni professional aranjirovka qilgan, avjdagi gitara solosini yozgan. Ashula 2000-yilning may oyida Tarona Records studiyasida yozib olingan. Ilk bor oʻsha yilning 25-mayida — soʻnggi qoʻngʻiroq kuni taqdim etilgan.

Qoʻshiq klipini Bahodir Yoʻldoshev olgan. Klip 2000-yilning may oyida Toshkent shahridagi 145-sonli maktabda 2-3 kun ichida yozib olingan. Klipdagi yosh qiz rolini Yoʻldoshevning toʻngʻich qizi Elina Yoʻldosheva oʻynagan. Shuningdek, Yoʻldoshevning rafiqasi Inna Yoʻldosheva „Setora“ qizlari uchun maktab oʻquvchisi formasiga oʻxshash liboslarni topib bergan.

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 25-may, 2022-yil(2022-05-25) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.