Kontent qismiga oʻtish

Xelitseralilar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xelitseralilar (Chelicerata) -boʻgʻimoyoqlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar kenja tipi. Uzunligi 0,05 mm dan (ayrim kanalar) 1,8 m gacha (kazilma evriptidlar). Xelitseralilarning boshi va 6 ta, koʻkrak boʻgʻimi qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Qorin qismi 12 boʻgʻimdan, sodda X.da oldingi qorin (7 boʻgʻim) va keyingi qorin (5 boʻgʻim)dan iborat (chayonlar). Boshkoʻkrakda 6 juft oʻsimta bor, ulardan oldingi 2 juft ogʻiz teshigi oldida (xelitseralar) va orqasida (pediapalpalar), keyingi 4 jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. Qorin oyoqlari qoldigʻi oʻzgarib jabralar, oʻpka, taroqsimon oʻsimtalar, oʻrgimchak soʻgallarini hosil qiladi. 2 sinf: merostomalar va oʻrgimchaksimonlarga boʻlinadi. Merostomalar, asosan, dengizlarda yashaydi; koʻpchiligi qirilib ketgan. Xelitseralilarning 54000 ga yaqin turi mavjud.