Kontent qismiga oʻtish

Xemotropizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xemotropizm (xemo... va tropizm), kimiotropizm — kimyoviy moddalarning bir yoklama taʼsirida oʻsimlik organlarining burilib oʻsishi (oʻsuv yoʻnalishini oʻzgartirishi). Baʼzi moddalar oz miqdorda musbat X. (oʻsimlik organlarining taʼsirot tomonga qarab oʻsishi) koʻp miqdorda esa manfiy X. (organlarning taʼsirot tomondan qaramaqarshi tomonga qarab oʻsishi) hosil qiladi. Chang naychalarining urugʻkurtakka qarab oʻsishida, zamburugʻlar gifasining xoʻjayinoʻsimlik toʻqimasiga qoʻshilib oʻsib ketishida, ildizning oʻgʻit donalari tomonga qarab oʻsishida X. kuzatiladi.