Kontent qismiga oʻtish

Xerem

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xerem - yahudiylikda qarg‘ish, la’nat marosimi. U jamoaviy tarzda sinagogada bajariladi. Marosim yahudiy xalqidan bo‘lgan shaxs o‘z diniga nisbatan behurmatsizlik qilganda amalga oshiriladi. Unda behurmatsizlik qilgan kishiga nisbatan qarg‘ish va la’nat aytiladi. Yahudiylik ta’limotiga ko’a, ravvinni (hoh tirikligida va hoh o‘lgandan so‘ng) haqorat qilgan, ularning so‘zi va qaroriga hurmatsizlik qilgan hamda yahudiylarni talmud hukmlarini bajarishdan ushlab turgan yoki undan qaytargan kimsa yahudiy xalqi la’natiga duchor bo‘ladi. Marosim davomida qarg’ish so‘zlarini o‘nta yaxudiy talaffuz qiladi, bu vaqtda shamlar yoqilib, “shofar” - hayvon shohidan qilingan sur (Lov. 23-25) chalinadi[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 403.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.