Kontent qismiga oʻtish

Xermeslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xermeslar (Adelgidae) -teng qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Qanotli va qanotsiz turlari bor. Shimoliy yarimsharning moʻtadil mintaqasidagi ignabargli daraxtlarda uchraydi. 40 turi mavjud. Xermeslar hayot siklida jinsiy urugʻlanish bilan birga partenogenez koʻpayish ham sodir boʻlib turadi. Ikki uyli xermeslar (masalan, yashil xermeslar) qora qaragʻay (birlamchi xoʻjayin)da kichkina gʻuddalarga oʻxshash boʻrtmalar hosil qiladi; boshqa ignabarglilar (ikkilamchi xoʻjayin)da otalangach urgʻochi X. qishlovchi tuxumlar qoʻyadi. Bir uyli xermeslar (masalan, sariq xermeslar) oʻrmon va xiyobonlardagi daraxtlarni zararlaydi.