Kontent qismiga oʻtish

Xhubleta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
19-asr Grudeli Pietro Marubining xhubleta kiygan portreti

Xhubleta — toʻlqinsimon, qoʻngʻiroq shaklidagi xalq yubkasi boʻlib, uni odatda alban ayollari kiyadilar. Koʻp hollarda, yubka ikkita tasma yordamida yelkaga osib qoʻyiladi. U alban anʼanaviy kiyimlarining bir qismi boʻlib, 13 dan 17 tagacha chiziqlari boʻlib, 5 ta kigiz qismdan tashkil topadi. Koʻkragi va fartuk bilan qoplangan qismi qora jundan tayyorlangan[1]. Orqa qismi qoʻngʻiroq shaklida tikilgan[2].

Xhubleta oʻziga xos shakli, tuzilishi va bezatish uslubi sababli ham noyob kiyim turi hisoblanadi[3]. Bu kiyim shimoliy Albaniya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriyadagi albanlar tomonidan kiyiladi. Xhubletaning ikki turi mavjud: biri tor, ikkinchisi esa keng[3]. Hozirgi kunda libosda faqat ikkita rangdan foydalaniladi: oq ranglisi turmushga chiqmagan ayollar uchun, qora ranglisi esa turmush qurganlar uchun mos keladi[3]. Lekin qadimda turli ranglar qoʻllangan. 17-asrdagi kitoblarda aytilishicha, Kelmend ayollari kiygan xhubletasida tovusniki singari koʻp ranglar qoʻllanilmagan[2]. Oxirgi ikki asrda ranglarning kamayishi mazkur libos turining faqat chekka togʻli hududlarda qoʻllanishi bilan bogʻliq, degan fikrlar bor[2].

Xhubleta 2022-yilda YuNESKO tomonidan zudlik bilan qoʻriqlashga muhtoj nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan[4][5].

Xhubleta juda qadimgi kelib chiqish tarixiga ega[6]. Bu libosning, Bosniyada, miloddan avvalgi II ming yillikka oid Oʻrta yer dengizi mintaqasining boshqa hududlarida topilgan baʼzi neolit davriga oid figuralari bilan oʻxshashligi mavjud va shunga mos ravishda qadimgi Oʻrta sivilizatsiyaga bogʻliq deb hisoblaniladi[7][8]. Odatda, u quyosh, oy, yulduzlar, burgutlar va ilonlarning tasvirlari singari qadimgi butparast kelib chiqishining alban ramziy elementlari bilan bezatilgan. Qoʻllanilgan bunday geometrik bezaklar koʻp holatda kostyumning arxaik xarakterini namoyon etgan[8].