Kontent qismiga oʻtish

Xilljiylar hukmronligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xiljiylar hukmronligi. Jaloliddin Feruz davrida Hindistonga yana moʻg'ul qoʻshinlari bostirib kirdilar. Sulton Jaloliddin ularning bir qismini tor-mor qildi, qolganlariga oʻlpon toʻlab 104 qutuldi. Feruz oʻz kuyovi va jiyani Aloviddin boshchiligida Dekanga yurish uyushtirdi. U Devagiri hukmdori Ramachandrani yengib, katta oʻlja bilan Dehliga qaytadi. Poytaxtga yaqin joyda Aloviddin xoinlarcha qaynotasi va ayni vaqtda togʻasi boʻlmish Jaloliddinni oʻldirib, Dehli taxtiga oʻtirdi (1296-1316 yy.). U gʻoyat shafqatsiz, shu bilan birga jurʼatli harbiy boshliq va davlat arbobi edi. Aloviddin moʻg'ullar bilan bir necha marta toʻqnashdi. Moʻg'ullar isyonining oldini olish maqsadida u bir kechada Dehli yaqinida joylashgan 30 ming moʻg'ulni qirib tashlashga buyruq berdi. Xazinani toʻldirish niyatida ruhoniy va badavlat harbiy boshliqlarning yerini tortib oldi, turli fitnalarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida majlis, yigʻin va ziyofatlarni taqiqladi. Hamma oʻlkalarga oʻz aygʻoqchilarini joʻnatdi. Xususiy yer mulkni koʻpaytirishga intilgan Aloviddin iq tadorlarga yer ulashish oʻrniga ularga pullik maosh toʻlaydigan boʻldi. Poytaxtda, shahar bozorlarida va Duobda mollarga qatʼiy narxlar qoʻyildi. Maxsus amaldorlar bozorlarda qatʼiy tartib oʻrnatdilar, tarozidan uradiganlarni qattiq jazoladilar. Hindlardan olinadigan soliqlar 1/4 dan 1/2 gacha oshirildi. Hindlaming qu rol olib yurishi, orasta kiyinishi yoki otda yurishi mutlaqo taqiqlangan edi. Musulmon janchilarining maoshi oshirildi. Bu chora tadbirlar 475 ming suvoriydan iborat qoʻshin tuzib, moʻg'ul bosqinchilarini daf etish imkonini beradi. Aloviddin davrida moʻg'ullar oxirgi marta Hindistonda 1306 yilda paydo boʻldilar hamda Ravi daryosi (Panjob) boʻyida tor-mor qilindilar. Lekin Aloviddinga bunday koʻp sonli ammiyani boqish uchun mablagʻ yetishmasdi. Shu boisdan Dean viloyatlari va shaharlarini talon-toroj qilarda. Aloviddinning armiyasi Dekan oʻlkalari dan Dehliga tillayu kumush, qimmatbaho buyumlar va otlar keltirardi. Tobe etilgan hind hukmdorlari Dehli sultonining vassaliga aylanar va har yili katta miqdorda boj toʻlardilar. Sulton Aloviddin tomonidan odamlarning mol-mulkimusodara qilinishi, hindlarni taʼqib etilishi hamda mamlakat iqtisodining barbod qilinishi keng xalq ommasida norozilik tugʻdirdi. Yurtda isyonlar avj oldi. Aloviddin soʻng (u 1316 yili istisqo kasalidan qazo qildi) davlatda yana taxt uchun kurash boshlandi. Pirovardida Aloviddinning oʻg'illaridan biri Qut biddin Muborakshoh (1316-1320 yy.) taxtga chiqadi. U otasining barcha iqtisodiy islohotlarini bekor qildi, ammo uning istilochilik siyosatidan voz kechmadi va bir necha bor oʻz lashkarboshisi Xusravxon boshchiligida Dekanga yurish uyushtirdi. Madurai va Telinganadan katta oʻlja bilan qaytgach, Xusravxon sulton taxtiga oʻtirish niyatida Muborakshohni oʻldiradi. Ammo tez kunda u boshqa bir turk qavmga mansub zodagonlar guruhi tomonidan hokimiyatdan chetlatildi. Davlat tepasiga Panjob noibi Gʻiyosiddin Tugʻloq (1320-1325 yy.) chiqib, yangi sulola-tugʻloqiylarga asos soldi.

Manba.[1]

  1. t.f.d., prof. Giyosov Temur Gʻiyosovich s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich t.f.n. Abdullayev Ulugʻbek Artikbayevich Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich.