Kontent qismiga oʻtish

Xishrov kishmishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xishrov kishmishi, Xishravi — oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Samarqand filialida Nimrang va Qora kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (G. V. Ogiyenko, K. V. Smirnov va A. F. Gerasimova). Sharkiy ekologikgeografik navlar guruhiga mansub. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, dumaloq, 5 boʻlmali, oʻrtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha kattalikda (250 g). Shakli konussimon, shingillari oʻrtacha zich yoki zich. Gʻujumi yirik, ovalsimon, rangi oqishqahrabo. Poʻsti qalin, etdor, sershira, xushxoʻr. Tarkibida qand miqdori 26—27%, nordonligi 3,5—4,5%. Novdalari yaxshi pishadi. Hosili faol harorat yigʻindisi 3000-3275° da 140-145 kunda toʻliq yetiladi. Hosildorligi 140145 s/ga. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli. 1982-yildan Buxoro va Navoiy viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.