Xislatli hikmatlar sharhi (kitoblar to'plami)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xislatli hikmatlar sharhi(kitoblar to'plami) | |
Asl nomi | Xislatli hikmatlar sharhi(kitoblar to'plami) |
---|---|
Muallif(lar) | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
Mamlakat | O'zbekiston |
Til | Oʻzbek |
Janr(lar)i | diniy-ma'rifiy |
Nashr etilgan sanasi | 2017 |
Nashriyot | Hilol-Nashr |
Sahifalar soni | 1-juz 416 bet;2-juz 44 bet;3juz 448 bet; 4-juz 472 bet; 5-juz 416 bet. |
ISBN |
1-juz 978-9943-4160-1-7; 2-juz 978-9943-4160-2-4; 3-juz 978-9943-4160-1-7; 4-juz 978-9943-4160-4-8; 5-juz 978-9943-4160-6-2. |
Xislatli hikmatlar sharhi(kitoblar toʻplami) — Ushbu kitob Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi[1] raisi(1989-1993), muftiy, Xalqlar doʻstligi ordeni[2] sohibi va Islom ulamolari millatlararo itifoq aʼzosi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf[3] tomonidan shayx Muhammad Saʼid Ramazon Butiy qalamiga mansub „Hikamul Atoiyya“ asarining tarjimasi va sharhi. Kitob Hilol nashriyoti tomonida 2017-yili qattiq muqovada nashr qilingan va 5 juzdan iborat. Ushbu kitobshayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shayx Ibn Atoulloh Sakandariyning „Hikamul-Atoiyya“ nomli kitoblariga qilgan tarjimalari va sharhlaridir. Kitob shayx ibn Atoulloh Sakandariy, ularning asari, ruhiy tarbiyaga oid asarlarni oʻrganishga oid mulohazalardan iborat. Kitob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi [4]huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita[5]ning 1161-sonli xulosasi ila chop etilgan.
Xislatli hikmatlar sharhi(1-juz)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf toʻplamning birinchi juzini shayx Ibn Atoulloh Sakandariy haqida maʼlumot berishdan boshlaydi. Bundan tashqari kitobda Fuzayl ibn Ilyos qissasi, yomon xislatlarni tark etish haqidagi hikmatlar tarjimasi va sharhidan iborat. Kitob 2014-yil hilol nashriyoti tomnonidan hajmi 416 bet, qattiq muqovada nashr qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 179-sonli xulosasi ila chop etilgan Quyida uning mundarijasi berilgan.
- Kirish so‘zi
- Shayx ibn Atoulloh Sakandariy „Hikamul-Atoiyya“ kitobi haqida
- „Hikamul-Atoiyya“ haqidagi maqtovlar
- „Hikamul-Atoiyya“ning sharhlari
- „Hikamul-Atoiyya“ning o‘zbekcha tarjima va sharhi
- Ruhiy tarbiyaga oid asarlarni o‘rganishga oid mulohazalar
- Amalga suyanishning alomati
- Maxfiy shahvatga berilib, oliy himmatdan qulamaslik lozimligi haqida
- Himmatlar qadar qo‘rg‘onini tesha olmas
- Nafsingni tadbirdan xotirjam qil
- Qalb ko‘zi berkligining dalili
- Duoning ijobati kechikishi umidsizlikka sabab bo‘lmasin
- Vaʼda qilingan narsa yuzaga chiqmasa, shakka tushmaslik kerak
- Allohni tanish yo‘lining ochilishi
- Fuzayl ibn Iyoz qissasi
- G‘arb madaniyatiga berilgan yigit qissasi
- Amal holga bog‘liqdir
- Ixlos amalning ruhidir
- Vujudingni nomaʼlumlik tuprog‘iga ko‘m
- Qalb uchun eng foydali narsa
- Oynasiga mavjudotlarning suratlari tamg‘alanib qolgan qalb haqida
- Borliqning barchasi zulmatdir
- Allohning qahri mavjudligiga dalolat qiladigan narsalardan biri
- U Zotni biror narsa to‘sishini qanday tasavvur qilish mumkin?
- Johillikdan biror narsani tark qilmagan kimsa
- Diniy ishlarni ortga surish befahmlikdir
- Allohdan shariatga muvofiq holatdan boshqa holatga chiqarishni so‘rashning yaxshi emasligi
- Talabi hojatning to‘g‘ri bo‘lishi
- Qazoi qadar bandaning har nafasi ustida joriydir
- Ag‘yorlardan forig‘ bo‘lishni kutmaslik haqida
- Dunyoning xiraliklaridan hayron bo‘lmaslik
- Faqat Allohga suyanib talab qilish kerakligi
- Saodat Allohga qaytishdadir
- Nurafshon ibtido nurafshon intihoning dalilidir
- Tashqari ichkarining belgisidir
- Allohni dalil qilish bilan Allohga dalil keltirish orasidagi farq
- Yetishganlar va yuruvchilarning martabalari „Alloh“ degin, o‘zgani qo‘ygin
- G‘aybni qo‘yib, aybga nazar sol
- Qur’on va sunnatga xilof bo‘lgan bunday ishlarni qiladigan shaxslarning turlari
- Uchinchi turdagi ahli zalolatlarning firqalari
- Ko‘zi to‘silganlardan Haq taolo to‘silgandir
- Yomon xislatlarni tark etgan kishi Allohga yaqin bo‘lur
- Nafsdan rozi bo‘lish xatoning aslidir
- Basiyratning darajalari
- Alloh avval qanday bo‘lsa, hozir ham o‘shanday
- Himmat niyatini U zotdan o‘zgaga qilma
- Allohdan o‘zgadan hojatingni ravo qilishni so‘rama
- Allohdan yaxshi gumonda bo‘lish haqida
- Boqiydan qochib, bebaqoni talab qilgandan ajablanish
- Borliqni qo‘yib, bor qiluvchi tomon ko‘chish
- Kimning suhbati mumkin emas?
- O‘zingdan past holdagini do‘st tutma
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xislatli hikmatlar sharhi(2-juz)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf toʻplamning ikkinchiu juzida zohid va rogʻib qalb haqida maʼlumot berishdan boshlab, Bishrul Hofiy, Ibrohim Adham va Zozon Kindiyning tavbalari haqida qiziq voqealar haqida yozilgan. Kitob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 1067-sonli xulosasi ila chop etilgan. Quyida uning mundarijasi berilgan.
- Zohid qalb va rog‘ib qalb
- Amallar va hollarning go‘zalligi
- Zikrning darajalari
- Qalbning o‘limi alomatlari
- Gunoh noumidlikka olib bormasligi kerak
- Allohning adliga va fazliga nazar
- solish kerakligi
- Kichik gunohlarning kattalashishi
- Qabul bo‘lishi eng umidvor amal
- Hushyorlanish voridi
- Iqbol voridi
- Visol voridi
- Nurlar qalblar va sirlar ulovidir
- Nur qalbning lashkaridir
- Nur, basiyrat va qalbning ishi
- Allohdan chiqqan toat ila xursand bo‘l
- Amallarni ko‘rishdan va ahvollarga shohid bo‘lishdan kesilish
- Tamagirlik urug‘i
- Xomxayol yetoviga yurmaslik
- Tamaga qul bo‘lmaslik haqida
- Imtihon zanjirlari
- Noshukrlik — neʼmatning zavoli
- Shukrning haqiqati
- Istidrojdan qo‘rq
- Madadning kesilishi
- Mo‘minni arzimas sanamaslik haqida
- Hidoyat va inoyat ahllari
- Ilohiy voridlar to‘satdan bo‘ladi
- Bishrul Hofiyning tavbasi
- Ibrohim Adhamning tavbasi
- Zozon Kindiyning tavbasi
- Yahudiy millatiga mansub amerikalik
- Embriolog olim Rob Gillxamning
- Islomga kirishi
- Lemont Xokins ismli amerikalik mashhur rep qo‘shiqchisining Islomga kirishi
- Turkiyada shotlandiyalik sayyohning
- Islom dinini qabul qilishi
- Qur’oni Karimning birgina oyati rohibni Islomga yetakladi
- Johillikning uch alomati
- Oxirat diyori — mo‘minlarni mukofotlash joyi
- Amalning qabul bo‘lgani alomati
- Allohning huzurida o‘z qadrini bilish uslubi
- Oshkora va pinhona neʼmatlarga erishish yo‘li
- Allohdan talab qilinadigan eng yaxshi narsa
- G‘ururga ketishning alomati
- Orif qanday kishi?
- Umid va xomxayol
- Bandalikda sodiqlik va Robbning haqlarini ado etish
- Torlik va kenglik
- Torlikdan ko‘ra kenglik xavfliroq
- Nafs yoziltirilganda o‘z nasibasini oladi
- Ato suratidagi man etish va man etish suratidagi ato
- Man qilish atoning ayni o‘zi bo‘lishi
- Aldamchi dunyoga nafs yoki qalb nazari
- Foniy bo‘lmas izzat haqida
- Haqiqiy toyy
- Ato va man qilish haqida
- Naqd muomalaga naqd mukofot
- Foydalanilgan adabiyotlar