Kontent qismiga oʻtish

Xiva bekati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xiva bekati
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi terminal stansiyasi

Xiva bekati – Oʻzbekistonning Xivadagi temir yoʻl vokzali.

Geografik joylashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stansiya Urganchdan Xivagacha boʻlgan tarmoq liniyasining soʻnggi nuqtasidir. U shahar markazidan sharqda joylashgan boʻlib, tarixiy eski shahar bilan taxminan bir kilometr uzunlikdagi asosiy yoʻl bilan bogʻlangan.

Qoʻshimcha maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vokzal va qabulxona binosi Oʻzbekiston DATK tomonidan qayta qurilib, 2019-yilning bahorida foydalanishga topshirilgan[1]. Vokzalning oldingi hovlisi ham qayta ishlangan va kechga yorqin ranglarda porlaydigan katta favvora bilan bezatilgan. Ayni vaqtda bu yerda uchta yangi mehmonxona qurilgan[2].

Vokzal bir vaqtning oʻzida 200 nafar sayohatchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Bekat imkoniyatlari kengaytirilgan boʻlib, quyi va yuqori vagon sinflaridagi yoʻlovchilar, „ona va bola“ uchun alohida kutish xonalari, shuningdek, doʻkonlarni oʻz ichiga oladi[3]. Bekatdan hozirga qadar yurtimiz aholisi tomonidan faol tarzda foydalanib kelinmoqda.

  1. NN: Republic, S. 11.
  2. NN: Republic, S. 12.
  3. NN: Republic, S. 11.