Xiva shoʻragi
Xiva shoʻragi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Sho‘rak |
Oila: | Sho‘radoshlar |
Binar nomi | |
Salsola chivensis |
Xiva shoʻragi (lotincha: Salsola chivensis) – shoʻradoshlar oilasi shoʻrak turkumiga mansub, koʻp yillik, yarim buta. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ustyurt, Qizilqum va Sulton Uvays tog‘i hududida tarqalgan. Kulrang qoʻngʻir gipsli va oxakli tuproqlarda oʻsadi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 30—60 sm gacha yetadigan koʻp yillik, yarim buta. Yuzasi silliq, tuksiz. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Barglari oddiy, poyada navbatma-navbat joylashgan, yashil tusda, qalin etli, yassi, silliq tuksiz. Gullari ikki jinsli, urug‘chibargi va changchisi bitta gulda joylashgan. Gultojibarglari va gulkosachabarglari 5 tadan, qoʻshilmagan, erkin. Gullari shoxlarining uchida joylashgan boshoq to‘pgulda oʻrnashgan. Urug‘chibargi ikki tumshuqchali. Hasharotlar yordamida changlanadi. Changlanishdan keyin meva hosil boʻladi. Meva hosil boʻlish jarayonida gulqoʻrgʻon boʻlaklari qanotga aylanadi. Qanotchalari yupqa pardasimon, buyraksimon yoki teskari tuxumsimon shaklda. Qanotchalari shamol yordamida tarqalishiga yordam beradi. Iyul oyida gullab mevasi sentabrda pishib yetiladi. Urugʻi orqali koʻpayadi. Shoʻradoshlar oilasining boshqa vakillari singari tarkibida kaliy saqlaydi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan. Yakka—yakka va kichik guruhlar hosil qilib oʻsadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ustyurt va Sulton Uvays tog‘i hududida tarqalgan. Kulrang qoʻngʻir gipsli va ohakli tuproqlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi va maʼlum bir tuproq sharoitiga moslashganligi sababli tabiatda juda kam uchraydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Солянка хивинская“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.