Kontent qismiga oʻtish

Xlorbenzol

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xlorbenzol, C6H5Cl — oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi —45,6°, qaynash temperaturasi 132°; suvda oz eriydi, Spirt, efir benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma (71,6% X, qaynash temperaturasi 90,2°) hosil qiladi. Sanoatda benzolni katalizator (FeCl3, AlCl3) ishtirokida 40—60°da xlorlab olinadi. Xlorbenzol va uning baʼzi hosilalari organik sintezda va erituvchilar sifatida qoʻllanadi.