Kontent qismiga oʻtish

Xoʻchkob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻchkob

Xoʻchkob
Qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
{{{tuman_turi}}} Kogon tumani
Mahalla fuqarolar yigʻini Navroʻz

Xoʻchkob — Buxoro viloyati Kogon tumanidagi qishloq[1]. Xalq orasida Xoʻja Axbori Kabir nomi bilan mashhur afsonaviy shaxsning mozori joylashgan qishloqqa nisbatan qoʻllaniladigan atama. Baʼzan „Qoʻshkaʼb“ tarzda talaffuz qilinadi. Bu joy baland tabiiy tepalikdan iborat boʻlib, keyinchalik mozorga aylantirilgan. Ayrim arxeologlar tepalik qadimda qoʻrgʻon boʻlgan, degan fikrni bildiradilar. Tepalikning quyi qismida afsonaviy Xoʻja Axbori Kabirning 12 metrlik ramziy qabri bor. Arxeologik tadqiqotlar natijasida qabr ichida inson jasadi mavjud emasligi aniqlandi. Tepalikda epigrafik yodgorlik namunalari — koʻplab qabrtoshlar mavjud va ularning ayrimlari olimlar tomonidan oʻrganilgan. Tepalik oldida Oʻzbekiston mustaqiligi yillarida qurilgan masjid mavjud[2].

  1. Rajabov Q.,Jamolova D. Kogon shahri tarixi. (Qisqacha maʼlumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 54-bet. 
  2. Toʼrayev H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.