Xoʻja Aspgardon koʻchasi
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Xoʻja Aspgardon koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Xoʻja Aspgardon nomi bilan bogʻliq. Xoʻja Aspgardon ”otlarni aylantiruvchi, davolovchi xoʻja” ma’nosiga ega. Shu nomdagi qabr ziyoratgoh sanalgan. Peshobi chiqmay qolgan otlarni qabr atrofida aylantirib davolash odat boʻlgan[1]. Koʻcha nomi shundan. Ikki joyda – Buxoro shahri va atrofida shu nomdagi toponim mavjud. 1883-yilda tuzilgan vaqf hujjatlarida qayd etilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.