Kontent qismiga oʻtish

Xoʻja Sinon masjidi

Koordinatalari: 40°59′44″N 28°58′50″E / 40.9956457°N 28.9804919°E / 40.9956457; 28.9804919
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Meʼmor Sinon masjidi
turkcha: Mimar Sinan Cami
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Atashehir tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Hilmi Şenalp
Binokorlik sanasi 2012 yil

Meʼmor Sinon masjidi (turkcha: Mimar Sinan Cami) – Turkiyaning Istanbul shahri, Atashehir tumanida joylashgan masjid. Inshoot 2012-yilda foydalanishga topshirilgan[1][1].

Masjidning qurilish ishlari Turkiya hukumati buyrugʻiga koʻra amalga oshirilgan va meʼmor Hilmi Şenalp (talaffuzi: Hilmi Shenalp) loyihasiga koʻra qurilgan. Masjid dastlab „Anadoluning buyuk masjidi“ deb nomlanilishi koʻzda tutilgan, keyinchalik esa inshootga bosh vazir Recep Tayyip Erdoğan (talaffuzi: Rajab Toyyib Erdo‘g‘an) Usmonlilar imperiyasining mashhur meʼmori Xoʻja Sinonning (XVI asr) nomini bergan. U masjidning ochilish marosimida Anadoluda meʼmor Sinon „selatin“ masjidi kabi (soʻzma-soʻz tarjimasi: sulton, imperator) masjid yoʻqligini aytgan[2]. Prezident tadbirga tashrif buyurgan davlat rahbarlariga Usmonli imperiyasi sultonlari marosimlarining miniatyura nusxasini sovgʻa qilgan[3].

Masjid 10 000–12 500 kishiga moʻljallangan. Markaziy gumbazning balandligi 42 metr, minoralarning balandligi 72 metr. Majmuada kutubxona, oʻquv xonalari, konferensiya zallari, doʻkonlar, garaj va VIP zalni oʻz ichiga olgan katta yer osti maydoni mavjud[3][2].

  1. 1,0 1,1 Rizvi, Kishwar. The Transnational Mosque: Architecture and Historical Memory in the Contemporary Middle East (en). UNC Press Books, 8 October 2015 — 199–200-bet. ISBN 978-1-4696-2117-3. 
  2. 2,0 2,1 Batuman, Bülent. New Islamist Architecture and Urbanism: Negotiating Nation and Islam through Built Environment in Turkey (en). Routledge, 22 December 2017 — 56–58-bet. ISBN 978-1-317-35800-8. 
  3. 3,0 3,1 „Turkish premier calls for "solidarity"“. Sabah (2012-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.

40°59′44″N 28°58′50″E / 40.9956457°N 28.9804919°E / 40.9956457; 28.9804919