Kontent qismiga oʻtish

Xoʻtan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo‘tandan yoʻnaltirildi)

XoʻtanXitoyning gʻarbiy qismidagi dare, Tarim daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi (Qoraqosh daryosi bilan birga) 1035 km, xavzasining maydoni 43,6 ming km². Qoraqurum va Kunlun togʻlaridan boshlanadigan Qoraqosh va Yurunqosh irmoqlarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, tekislikda Taklamakon choʻlidan oqadi. Bu yerdan oʻtgan qismida faqat iyul—avgust oylaridagina toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi togʻdan chiqish joyida 120 m³/sek. Xoʻtan vohasini sugʻorishga sarflanadi.