Kontent qismiga oʻtish

Xo’ja Hasan Andoqiy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xo’ja Hasan Andoqiy masjidi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziltepa tumani Xo’ja Hasan QFY hududidagi Saroy qishlog’ida Xoja Hasan Andoqiy ziyoratgohlari joylashgan. 1910 yilda jome masjid qurilgan. Ayni kunlarda ushbu ziyoratgohda yangi maqbara qurilgan. Xoja Hasan Andoqiy Yusuf Hamadoniyning ikkinchi xalifalari hisoblanadi.

Abu Muhammad Hasan ibn Husayn al Andoqiy 1069 yilda xozirgi Qiziltepa tumani Xo’ja Hasan QFY hududidagi Saroy qishlog’ida tavallud topganlar. Bu zoti sharif haqlarida Sam’oniyning “Al-Ansob” kitobida ma’lumot bor.

“Al-Ansob”da yozilishicha, Abu Muhammad Hasan ibn Husayn al Andoqiy-imom, fozil, zohid, taqvodor, kamtarin, g’oyatda go’zal siyratligi bilan shuhrat qozongan Abul Muzaffar Abulkarim ibn Abu Hanifa al Andoqiy(1010-1089 yillar)ning nevaralari hisoblanadi. Xoja Hasan Andoqiy Yusuf Hamadoniy bilan birga Xorazm, Bog’dodda bo’lgan. Hazrat Andoqiyning vafotlari 1158 yilda Ramazon oyining Laylatul Qadr kechasida voqye’ bo’ldi. Andoqiy o’z zamonasining yetuk allomasi, tariqat olimi, valiyulloh bo’lib, juda ko’p muridlari bor edi. Boshqa manbada, xususan “Tuhfat az zoirin” kitobida yozilishicha, Xoja Hasan Andoqiyning qabrlari Buxoroda Abu Is’hoq Gulobodiy mazorlari yonidadir.