Xo’ja Sa’d Vaqqos Saxiy masjidi
Xoʻja Saʼd Vaqqos Saxiy masjidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiziltepa tuman Zarmitan qishlogʻida joylashgan „Xoʻja Saʼd Vaqqos Saxiy“ jome masjidi XIX boshlaridan mavjud boʻlib, qayta-qayta taʼmirlanib, oxirgi marta 1982 yilda kolxoz tomonidan, hashar yoʻli qayta tiklangan. Masjid Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 24.08.1998 yil № 02/317 son bilan roʻyxatdan oʻtgan. „Xoʻja Saʼdi Vaqqos“ Asharayi Mubashara (oʻn jannatiy sahoba)ning birlari boʻlib bu kishi 17 yoshlarida islomni qabul qilganlar va Hazrat Umar xalifalik davrida Iroqqa yuborilgan qoʻshinga qoʻmondonlik qilib, Iroq yerlari fath qilingan. U hud jangida ishtirok qilgan Sad’ ibn Abu Vaqqosga Paygʻambarimiz s.a.v. oʻq uzataturib „Irmi yo Sad’! Fidaka abi vaum mi!“ (Otam, onam senga fido boʻlsin, ot ey Sad’!)-deya marxamad qilganlar.
Hazrat Sad’ ibn Vaqqos kim haqida duo qilsalar, ul ijobat boʻlgan. Bu ulugʻ sahoba 672 milodiy yilda vafot qilganlar. Qabrlari Madinai Munavvarada. Qiziltepadagi masjidda ham, orqa burchak qismida bu avliyo nomlariga qabr bor. Shu sababdan qadamjo ziyoratgoh ham hisoblanadi. „Xoʻja Saʼd Vaqqos Saxiy“ jome masjidi atrofida katta qabriston, tugʻ, hovuz bor. Masjid kelajagini oʻylab orqa tomondan 14 m2 lik ayvon ham hashar yoʻli bilan barpo etilgan. „Xoʻja Saʼd Vaqqos Saxiy“ jomye masjidi 1998 yil 19 dekabrda davlat roʻyxatidan oʻtgan rasmiy masjid hisoblanadi. Sobiq sovet hukumati davrida ham, bu masjidda juma va hayit namozlari oʻqib kelingan. Qishloqdan chetroqqa joylashgani uchun anchagina havolik, fayzli maskan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |