Kontent qismiga oʻtish

Xo’ja jarroh yodgorlik majmuasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi – Qarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr.).Majmua XIV asrga oid boʻlib, hozirgi Qarshi shahrining Xudoyzod mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga koʻra Sohibqiron Amir Temur 14-asr. oxirlarida XIV asr oxirlarida Shom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan keltirib Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Al-Jarroh birinchi boʻlib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-asr.

. Rivoyatlarga koʻra, Sohibqiron Amir Temur XIV asr oxirlarida Shom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Al-Jarroh birinchi boʻlib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan.

Amir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh (583-638) koʻproq Abu-Ubaydah ibn al-Jarrah nomi bilan tanilgan bu inson Paygʻambarimizning buyuk izdoshlaridan biri edi. Umar roziyallohu anhu Halifaligi zamonida Musulmon qoʻshinining katta qismida qoʻmondon sifatida ish olib borgan. Umar roziyallohu anhu tomonidan oʻzidan keyin Xalifalik lavozimiga tavsiya etilganlardan biri hisoblanadi. 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bosh peshtogʻi burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar boʻlib, panjaralar oʻrnatilgan. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida pardozlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 24.02.2021 yildagi 100-son qarori bilan

Turizm salohiyati yuqori boʻlgan madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan.