Xodim (Bobojon Tarroh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xodim (taxallusḭ; toʻliq ism -sharifi Bobojon Tarroh Azizov) – 1878 -yil, Xiva yaqinidagi Qushbegi mahallasi – vafot etgan yili nomaʼlum) – oʻzbek shoiri, xattot, sozanda va tarjimon. Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning saroy shoirlaridan. Shoir, xattot, kotib va sozanda boʻlgan. Shoirlar oilasida tugʻilgan.

Xodim
Bobojon Tarroh (Azizov)
Tavalludi 1878 - yil
Xiva (Xorazm)
Vafoti Noma'lum
Xiva
Fuqaroligi Xorazm xonligi - UZSSR
Kasbi Shoir, xattot, kotib va sozanda.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir Xiva shahrida 1878 yili Qushbegi mahallasida ziyoli oilada tavallud topgan. 

Shoirning ismi Bobojon Tarroh, otasining ismi Abdulaziz boʻlgan.  Shoirning otasi Abdulaziz Abduqodir oʻgli „Xodim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Biroq u erta – 28 yoshida vafot etib ketgan.

Shoirning togʻasi Masharif Tarroh jiyani Bobojonni oʻz tarbiyasiga oladi.

Otasining taxallusi „Xodim“ nomi ostida ijod qiladi. Xodimning nevarasi Anvara Otamurotova va chevarasi Xiromon Yusupovalar ham shoira. Ularning sheʼrlari, maqolalari respublika matbuotida chop etilib turadi.

Bobosining ismi Abdulqodir devon, taxallusi Qoneʼ boʻlgan. Qoneʼning otasining ismi Muhammad Nazir devon, taxallusi Munshiy boʻlgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobojon 7 yoshida boshlangʻich maktabga boradi. Maktabdan soʻng 22 yoshgacha madrasada tahsil oladi. 15 yoshidan boshlab sheʼrlar mashq qiladi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Rahimxon II Feruz saroyidaː[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Rahimxon Soniy davrida devonda ishlagan akasining fojeali oʻlimidan soʻng, Bobojonning chekiga saroy devonida mirzo va saroy shoirlariga nazoratchi boʻlib ishlash tushadi. U bu vazifada 10 yil ishlaydi. Shoirlik bilan, 21 yoshdan shugʻullangan. Shoir Bobojon Tarrohning ustozi Doiy boʻlgan.

Xattotlik ishlariː[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagilar esa, shoirning oʻz sheʼrlaridan tuzilgan devondir:

I. 906 – raqamli devon.

II 901 – raqamli devon.

III. 1142 – raqamli devon.

Shoir Tarroh boshqa shoirlarning sheʼrlaridan tuzilgan devonlarni koʻchirgan, ular Toshkentda Sharqshunoslik insituti fondida saqlanmoqda. Quyida ular bilan tanishing:

1. I – 1231 – qoʻlyozma.

2. II – 204 – qoʻlyozma

3. III- 3460 – qoʻlyozma

4. IV – 911 – qoʻlyozma

5. V – 1192 – qoʻlyozma

6. VI – 1119 – qoʻlyozma (Feruz devoni).

Xodim kotib sifatida shoir va tarjimon Ahmad Tabibiyning 490 sahifalik „Hayratul oshiqin“ („Oshiqlarning hayratlanishi“) nomli devonini 1908 yilda, „Munisul ushshoq“ („Oshiqlarning doʻsti“) devonini 1909 yilda mahorat bilan nastaʼliq xatida koʻchirgan. Mazkur devon 1910 yilda Xiva toshbosmaxonasida chop etilgan.

Mashhur asariː[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Xorazm navozandalari“ asari uning eng va shoh asaridir. Xodim bu asarida har bir shoir haqida fikr yuritar ekan, 12 ta savoldan iborat roʻyxat tuzib oladi. Va shu asosda shoirlar hayoti va ijodini kengroq yoritishga harakat qiladi.

Tarjima asarlariː[tahrir | manbasini tahrirlash]

U tarjimon sifatida mohir tib olimi Yusufiyning „Foydalar majmuasi“ asarini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobojon Tarrohning vafot etgan yili nomaʼlum (Shoir 1970 yil 5- avgustlarda ham hayot boʻlgan).  Jasadi Kattaburun Gʻoʻvik qishlogʻidagi Shixmavlon qabristoniga qoʻyilgan.


Adabiyotlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bobojon Tarroh Azizov – Xodim. „Xorazm navozandalari“ Toshkent. 1994-yil, 96 bet.[1]
  2. Muhammad Yusuf Bayoniy. „Shajarayi Xorazmshohiy“, Toshkent. 1994-yil. 104 b.[2]
  1. Bobojon Tarroh Azizov – Xodim. „Xorazm navozandalari“ (o'zbek) G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti: , Toshkent. 1994-yil, — 96 bet. bet. 
  2. Muhammad Yusuf Bayoniy.. „Shajarayi Xorazmshohiy“, Toshkent. (o'zbek). G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti., 1994-yil. — 104 b. bet.