Kontent qismiga oʻtish

Xoja Qa’bul Ahbor Vali ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi
Muqobil nomlari Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi

Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XX asr boshlari
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi — Buxoro viloyati, Kogon tumani, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Xoʻchkob qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali qachon tavallud topganligi haqida biror manbada maʼlumot uchramaydi. Manbalarda u VII asrda vafot etganligi yozib qoldirilgan. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohida maqbara boʻlib, unda Xoja Qaʼbul Ahbor Vali qabri joylashgan. Qabr 14 metr boʻlib, uning uchida esa shogirdi Abdulloh Zohid ibn Aʼsad dafn qilingan. Mazkur ziyoratgohda masjid ham mavjud. Bundan tashqari bu yerda Xoja Qaʼbul Ahbor Vali yana bir shogirdi Mahmud ibn Hamin qabri joylashgan. Ziyoratgoh masjidi orqa tomonida 40-50 gektar atrofdagi qabriston mavjud. Mazkur qabristonda qabr toshlar ham boʻlib, eng qadimiysi bundan ming yil oldin oʻrnatilgan. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi 1990-yilga qadar abgor ahvolda boʻlgan. 1990—1991-yillarda ziyoratgohda xushkoblik Amirqul Shukurov oʻz mablagʻlari hisobiga yangi masjid qurdiradi[1]. 1995-yil ziyoratgohdagi maqbara, quduq va masjid xorazmlik ustalar tomonidan taʼmirlangan. Mazkur masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil qayta roʻyxatga olingan. Ziyoratgohda masjid boʻlib, hozirgi kunda faoliyat yuritmoqda. Masjid binosi gumbaz bilan birgalikda balandligi 9 metr, uzunligi 11 va eni esa 10,7 metrni tashkil etadi. Masjid asosi tosh va pishgan gʻishtdan terilgan[2].


  1. Когон тумани тарихи 2015, s. 33.
  2. [https://naqshband.uz/masjidlar/xuja_kabul_axbor_vali_masjidi „Когон туман Хўжа Каъбул Ахбор Вали зиёратгоҳи ва масжид тарихи“]. naqshband.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ражабов Қ, Жамолова Д. Когон тумани тарихи. Тошкент: Tafakkur, 2015 — 48-bet. ISBN 978-9943-24-109-1. 


зиёратгоҳи ва масжид тарихи“]. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.