Xoji Ahmar
Bu 2022-01-17da manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xoji Ahmar | |
---|---|
Tavalludi |
18-fevral 1929-yil Xondayliq qishlogʻi, Toshkent, Oʻzbekiston |
Vafoti |
15-yanvar 1993-yil (63 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Kasbi | film rejissor, ssenariynavis, aktyor |
Faoliyat yillari | 1961—1990 |
Xoji Ahmar (Xizirulla Axmarov) (18-fevral 1929-yil — 15-yanvar 1993-yil) oʻzbek film rejissori, ssenariynavisi va aktyoridir.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1946-yil Oʻrta Osiyo davlat universitetiga oʻqishga kirib, 1951-yilda „Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari tarixi“ mutaxassisligi boʻyicha toʻliq kursni tamomlagan. Tarixchi-sharqshunos malakasi berilgan.
1952-yil 1-dekabrdan 1953-yil 1-iyulgacha SSSR Sovet Yozuvchilar uyushmasi A.M.Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi oʻzbek yozuvchilari kurslarida tahsil oldi.
1955-yilda Butunittifoq davlat kinematografiya institutiga (A.Dovjenko, Y.Solntseva va M.Chiaureli ustaxonasi) oʻqishga kirdi, 1961-yilda kinorejissorlik boʻyicha toʻliq kursni tamomladi.
„Don chorvadorlarida“ birinchi hujjatli filmini Rostov-na-Donu shahrida VGIKda talaba boʻlgan paytida suratga olingan. Keyin „O'zbekfilm“ kinostudiyasida „Gang qizi“ va „Konstruktor“ badiiy filmlarini suratga olgan. Yoquvchi sifatida „Buyuk oila“ (Hamid Gʻulom bilan hammualliflikda), „Kim haq?“, „Chollar“, „Duel“ qissa va ocherk toʻplamlari, „Manba“ qissalari muallifi. 1992-yil dekabr oyida tugagan „Sergey Bondarchuk va boshqalar“ hujjatli hikoyasi (hali nashr etilmagan) … U oʻzbek va rus tillarida yozgan.
Sergey Bondarchukning „Moʻjiza istagi“ kitobini va boshqa bir qator adabiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ssenariy muallifi va kinorejissor sifatida: „Integral“, „Bahorda qaldirgʻochlar keladi“, „Toʻrt fasl“, „Aziz moskvaliklarim“; Hujjatli filmlar: „Kolxoz sanatoriyasi“, „Tamaraxonim qoʻshiqlari“, „Asrlar anʼanalari“ va boshqalar; Animatsion filmlar: „Yerdagi iz“ va „Eng yaramas“.
Aktyor sifatida u oʻzining filmlarida rol oʻynagan: „Mening aziz moskvaliklarim“ filmida Ota va „Uran sayyorasining sunʼiy yoʻldoshi“ filmida Roja Kaul.
A.Belyayevning „Ariel“ qissasi asosida „Uran sayyorasining sunʼiy yoʻldoshi“ soʻnggi badiiy filmi suratga olingan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoji Ahmar 1993-yil 15-yanvarda: „Men bir tomonlama chipta bilan uzoq xizmat safariga ketyapman“, deb hazillashib, kutilmaganda olamdan oʻtdi.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Gang qizi“ (ruscha: „Doch Ganga“)(1961) — rejissor
- „Tamaraxonim qoʻshiqlar“ (hujjatli film, ruscha: „Pesni Tamari“)(1962) — rejissor
- „Qiyin yoʻl“ (ruscha: „Trudniy put“)(1964) — rejissor
- „Integral“ (ruscha: „Integral“)(1970) — rejissor, ssenariy muallifi, aktyor (epizod)
- „Yerdagi iz“ (animatsion film, ruscha: „Sled na zemle“)(1973) — ssenariy muallifi
- „Qaldirgʻochlar bahorda keladi“ (Almanax film, ruscha: „Lastochki priletayut vesnoy“)(1974) — rejissor, ssenariy muallifi (M.Qoriyev bilan hamkorlikda), aktyor
- „Toʻrt fasl“ (ruscha: „Chetire vremeni goda“)(1976) — rejissor, ssenariy muallifi
- „Eng yaramas“ (animatsion film, ruscha: „Samiy neposlushniy“) (1976) — ssenariy muallifi
- „Aziz moskvaliklarim“ (ruscha: „Dorogie moi moskvichi“) (1981) — rejissor, ssenariy muallifi, aktyor
- „Uran sayyorasining sunʼiy yoʻldoshi“ (ruscha: „Sputnik planeti Uran“) (1990) — rejissor, ssenariy muallifi, aktyor