Xoji Hakimov
Xoji Akbarovich Hakimov (1909-yil 15-may Toshkent — 2001-yil 23-noyabr) — xirurg, gematologiya va transfuziologiya xizmati tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Tibbiyot fanlari nomzodi (1959). Oʻrta Osiyo tibbiyot institutini tugatgach (1933), shu institut xirurgiya klinikasida ordinator (1933—1937), Ohangaron tuman shifoxonasi bosh vrachi (1937—1938), Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi (1938—1939), Sogʻliqni saqlash xalq komissari oʻrinbosari (1939—40), urush qatnashchisi (1941—1945), 1946-yildan respublika sogʻliqni saqlash vaziri muovini. Oʻzbekiston gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot insgituti direktori (1961 — 1984), 1985-yildan ilmiy maslahatchi[1].
Ilmiy faoliyati gematologiya va qon quyish masalalariga oid.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |