Kontent qismiga oʻtish

Xolboʻta Toʻraqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolboʻta Abilovich Toʻraqulov
Tavalludi 15-may 1949-yil
Ishtixon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2022-yil (73 yoshda)
Jizzax shahri, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi mexanika-matematika olimi
Sohasi mexanika-matematika
Taʼlimi Samarqand davlat univeristeti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Xolboʻta Abilovich Toʻraqulov (1949-yil 15-may, Qoʻrli qishlogʻi, Ishtixon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil, Jizzax shahri, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2000), professor (2003).

Xolboʻta Toʻraqulov 1949-yil 15-may Ishtixon tumani, Qoʻrli qishlogʻi dehqon oilasida tugʻilgan[1]. 1967—1973-yillarda Samarqand davlat univeristeti mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1973—1977-yillarda Ishtixon tumani 58-maktabning matematika fani oʻqituvchisi, 1977—1978-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Oliy matematika“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1978—1981-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranti, 1981—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi respublika avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi maxsus loyiha konstruktorlik byurosida muhandisi va Jizzax byurosi rahbari, 1983—1984-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Oʻqitishning texnik vositalari“ kafedrasi katya oʻqituvchisi, 1984—1989-yillarda institutning „Umumiy texnika fanlari“ kafedrasi mudiri, 1989—1997-yillarda institutning „Kasb ta’limi“ fakulteti dekani, 1997—2013-yillarda institutning pedagogika fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan[1].

5 nafar farzandlari bor. Farzandlaridan biri professor Toʻraqulov Olim Xolboʻtayevich bugungi kunda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori.

Olim 2022-yilda vafot etgan[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolboʻta Toʻraqulov 500 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 50 dam ziyod monografiya, oʻquv qoʻllanma, metodik tavsiya, risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3]. 1982-yilda „Inson koʻrish yoʻlidagi buzilishlarning matematik modellarini yaratish va uni zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari yordamida amapiyotga joriy etish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 2000-yilda „Glaukoma kasalliklarini tashxislash, davolash jarayonlarining optimal variantlarini topishning matematik modellarini yaratishni avtomatlashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsini himoya qilib, texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[3]. 1987-yilda dotsent, 2003-yilda professor ilmiy unovini berilgan. Rossiya Federatsiyasi Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (2003), Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi (2005)[1].

  • „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (1986);
  • Aleksandr Grigorevich Nebolsin nomidagi xalqaro mukofot laureti (2008)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 
  2. „Ilmga baxshida hayot“ (2023-yil 16-may).
  3. 3,0 3,1 Toʻraqulov Xolboʻta Abilovich bibliografik koʻrsatgich. Jizzax: Jizzax davlat pedagogika instituti, 2009 — 111 bet-bet.