Xolokost qurbonlari yodgorligi Bender
"Xolokost qurbonlari" — yodgorligi Bender shahridagi yodgorlik binosi boʻlib, yahudiylarni taʼqib qilish va yoʻq qilish siyosati doirasida Ulugʻ Vatan urushi davrida nemis-rumin bosqinchilari tomonidan oʻldirilgan Benderi yahudiylari xotirasiga bagʻishlangan.
1966-yildayoq Isroildan kelgan bir guruh Bender aholisi Holokost qurbonlariga haykal oʻrnatishni soʻrab Bender shahar kengashiga murojaat qilgan. Aslida shunday loyiha allaqachon tayyor edi, lekin uni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻ yoʻq edi va maʼmuriyat bu soʻrovni rad etdi. Ammo, maʼlum vaqt oʻtgach, 2002-yilda „Hesed Jozef“ sobiq direktori Vladimir Borisovich Guryevning saʼy-harakatlari tufayli yodgorlik oʻrnatildi. Unga Moldovadagi „Soxnut“ PPEA direktori Vladimir Yuryevich Igelnik va G. Badanova nomidagi kurash boʻyicha SDYUSSHOR direktori Iosif Abramovich Geris faol yordam berdi. Haykal uchun eng yaxshi loyiha tanlovida „Hesed Jozef“ xayriya markazi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Leibovich gʻolib chiqdi. Uni Tiraspol bosh meʼmori Aleksandr Narolskiy va haykaltarosh Mixail Solovey toshga muhrladi. Bender yahudiy jamiyati raisi Yuriy Mendelevich Grinfeld loyihani amalga oshirishni moliyaviy taʼminladi. Yodgorlik uchun goʻyoki qon sepilgandek qora granit tanlangan. U 2002-yil 23-iyunda ochilgan. Yodgorlik „Oktabr“ bogʻida Dnestr daryosi qirgʻogʻidagi daryo stantsiyasi binosiga olib boradigan zinapoyada joylashgan (Tkachenko koʻchasi).
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yodgorlik qon tomchilariga oʻxshash qizil nuqtalar boʻlgan qora granitdan yasalgan boʻlib, goyo jallod devorini ifodalaydi. Toshda Dovud yulduzi, menora va uning ustidagi raqamlar oʻyib yozilgan: „1941“. Yodgorlik poyida quyidagi soʻzlarga koʻz tushadi: „Natsizm qurbonlarining barchasi ham yahudiy emas, ammo yahudiylarning hammasi fashizm qurboni boʻlgan“.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yil 23-iyulda Qizil Armiya Benderni tark etgan. Ishgʻol boshlangandan soʻng darhol shaharda getto tashkil etilgan. Bender qal’asi yaqinidagi xandaqda 58 yahudiy otib oʻldirilgan, koʻplab yahudiylar Bender chekkasida oʻldirilgan. 1941-yil 31-avgustda Germaniya va Ruminiya Benderda imzolagan kelishuvga muvofiq, yahudiylar Transnistriya kontslagerlariga deportatsiya qilinishi lozim edi. Transnistriyaı ishgʻol hududi Gitler va Ruminiya diktatori Ion Antonesku buyrugʻi bilan tashkil etilgan. Bu yerda 380 mingdan 600 minggacha yahudiy va boshqa millat vakillari hayotdan koʻz yumgan[1].
Yodgorlik 2008-yil sentabr oyida vandallar xurujiga uchrab buzib tashlangan[2].
2012-yil sentabr oyida yana bir marotaba vandalizm harakati sodir etildi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ntv.ru. „Вандалы разбили памятник жертвам Холокоста“ (ru). НТВ. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
- ↑ „В Бендерах осквернен памятник жертвам Холокоста“ (ru). Новый День (2008-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
- ↑ „Вандалы в очередной раз осквернили памятник жертвам Холокоста в Бендерах“ (ru). Новый День (2012-yil 18-sentyabr). 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „БЕНДЕРЫ 1408-2008. Памятник жертвам Холокоста“. bendery.su. 2013-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-fevral.