Kontent qismiga oʻtish

Xonobod shohsupasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xonobod shahri Xonobod shohsupasi

Xonobod shohsupasi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan janubiy-sharqiy hududida — Xonobod shahrida joylashgan.


Xonobod shohsupasi sihatgohi 1993-1994-yillarda barpo etilgan obyekt sivilizatsiya davriga oid hisoblanadi. Obyekt Xonobod shaharda joylashgan. Sihatgoh joylashgan umumiy maydoni 375 m2. Xonobod shohsupasi binosining qurilishiga ishlatilgan materiallar yog’och, tahta, sopol va g’ishtlardan foydalanilgan. Sihatgoh me’moriy obidalar ro’yhatiga kiritilgan. Hozirda obyektdan madaniy tadbirlar o’tkazish uchun foydalanilyapti. Bino 2 yon tomonda minorasimon gumbazlar mavjud. Inshootning pardozlash ishlarida yog’och va rangli toshlardan foydalanilgan. Energetika ta`minoti faqat elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Yong’in havfsizlik bilan to’liq ta’minlangan. Ochiq maydonida manzarali daraxtlar ekilgan. Bu oromgoh toza havosi va manzarali daraxtlar o’ziga jalb etadi.