Xonquli toʻpchiboshi
Xonquli toʻpchiboshi (17-asr oxiri — 18-asrning 1choragi) — Buxoro xonliginiig Rossiyaga yuborgan elchilari rahbari (1716—18). Xonquli toʻpchiboshi rus asirlaridan boʻlib, musulmonlikni qabul qilgan va Buxoro xoni Abulfayzxon saroyida xizmat pogʻonasida xon qulidan toʻpchiboshi mansabigacha erishgan. Xonquli toʻpchiboshi boshchilik qilgan elchilarning asosiy maqsadi Rossiya bilan Buxoro oʻrtasida oʻzaro boj olmay savdosotiq qilishni yoʻlga qoʻyish, asirlikdagi buxoroliklarni ozod qilish boʻlgan. Elchilik oʻz vazifasini toʻla ado etgan.
Buxoro elchilari Peterburgdan 1718 yil 18 martda joʻnab ketishgan. Ashtarxonda ularning safiga Pyotr I tomonidan Rossiya davlatining Buxoro xonligidagi elchisi (aslida josuslik missiyasi boshligʻi) qilib tayinlangan Florio Beneveni qoʻshilgach (1718 yil 13 noyabr), har ikki elchilik hayʼatini Eron orqali Buxoroga joʻnab ketishi maʼqul koʻrilgan. Ashtarxondan faqat 1719 yil 24 iyunda yoʻlga chiqilgan. Xonquli toʻpchiboshi va F. Beneveni Shirvon xoni huzurida — Shemaxada ancha turib qolishgach, 1721 yil 25 mayda Buxoroga yoʻl olishgan. 1721 yil 6 noyabrda Xonquli toʻpchiboshi va F. Beneveni boshchiligidagi elchilar Buxoro shahrida tantanali kutib olingan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Poslannik Petra I na Vostoke. Posolstvo Florio Beneveni v Persiyu i Buxaru v 17181725 godax, M., 1986; Gulamov X. G., Iz istorii diplomaticheskix otnosheniy Rossii s Buxarskim xanstvom XVIII v., T., 1992.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |