Kontent qismiga oʻtish

Xorazimiy "Muhabbatnoma" asari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xorazimiyning „Muhabbatnoma“sining uygʻur va arab yozuvli qoʻlyozmasi nusxalari maʼlum. Uning eng eski nusxasi hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan 8193 koʻrsatgichli uygʻur yozuvida bitilgan majmuaning toʻrtinchi asaridir. Ushbu majmuani 1432 yili Temur]iylar davlatining yirik madaniy markazlaridan boʻlmish Yazd shahrida Mansur baxshi koʻchirgan. Xorazimiyning asari „Muḥabbatnoma kitobi“ degan sarlavha bilan boshlangan. Yakunidagi uning koʻchirib tugallangan sanasi shunday[1]:

Tamam boldï „Muḥabbatnoma kitobi“. Qutluγ bolsun. Tarix sekiz yüz otuz beštä čïčqan yïl, rajab aynïŋ altïsïnda Yazd šahrïnda Mirjalāl(id)din buyurγan üčün bu faqir Mansur baxšï bitidi.

Asarning arab yozuvli B,C,D qoʻlyozma nusxalari keyingi davrlarga tegishlidir.

  1. Sodiqov, Qosimjon. XIV-XVI yuzyilliklaring yozma yodgorliklari, Akademnashr, Toshkent, 2020 — 72-bet.