Kontent qismiga oʻtish

Xorazm (stadion)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xorazim Olimpiya Stadioni
Sobiq nom(lar)i Xorazm stadioni
Joyi Xorazm, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1983-yillari
Qachon ochilgan 1983-yil
Qachon taʼmirlangan 2002-2003, 2014-2022yillari
Egasi Xorazm futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 13.500 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Xorazm futbol klubi

Xorazm stadioni – 1983-yilda ochilgan koʻp funksiyali sport majmuasi. Urganch shahrida joylashgan boʻlib, 13500 tomoshabinni sigʻdira oladi. 1983-yilda qurilgan. Xorazm futbol jamoasining uy stadioni.[1][2]

Urganchdagi „Olimpiya“ stadioni 1983-yilda qurilgan. Stadion oval shakliga ega boʻlib, dastlab futbol oʻyinlari va yengil atletika musobaqalari uchun moʻljallangan. Tabiiy oʻtli futbol maydoni, oʻlchami 104x67 metr. Sigʻimi 20 000 tomoshabinga moʻljallangan.

2002-yilda „Umid nihollari-2003“ oʻyinlari munosabati bilan stadionni toʻliq rekonstruksiya qilish boshlandi va 2003-yilda yakunlandi. Stadion rekonstruksiya qilinganidan soʻng yozgi suzish havzasi, ikkita futbol mashgʻulot maydonchasi, shuningdek, sport zallari qurilib yaxlit majmuaga aylandi. Tribunalar ustida tom qurildi, tribunalar plastik oʻrindiqlar bilan jihozlandi, elektron tablo oʻrnatildi. Stadion nomi „Xorazm“ sport majmuasi deb oʻzgartirildi. U ochilish vaqtida Oʻzbekistondagi toʻliq jihozlangan birinchi stadion edi. Qayta qurish tugallangandan soʻng uning sigʻimi 13 500 tomoshabinni tashkil etdi.[3][4]

Sport majmuasi tarkibida futbol va yengil atletika stadioni, yozgi suzish havzasi va ikkita mashgʻulot maydonchasi mavjud. Futbol stadionida sportchilar, hakamlar, murabbiylar, futbol maʼmurlari uchun binolar qurilgan. Stadion zamonaviy audiotizim, 7×3 m video doskasi, zamonaviy yoritish uskunalari (500 lyuks m²) bilan jihozlangan.


Xorazm" sport majmuasi 2015-yilda „Umid nihollari“ musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida taʼmirlashga yopilgan.

2019-yil iyun oyida „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ homiyligida Toshkentning „Rita invest“ firmasi bilan Janubiy Koreyaning „Kentucky Blugrass“ navli chimini ekish boʻyicha shartnoma tuzilgan.[5][6]