Kontent qismiga oʻtish

Xorazm haqiqati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xorazm haqiqati - ijtimoiy-siyosiy gazeta. Urganch shahrida haftada 2 marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1920-yil 8 martdan "Inqilob quyoshi" nomi bilan nashr qilingan. 1939-yil 1-yanvardan hozirgi nomda. 1921-yil Xorazmga kelgan H.H. Niyoziy gazeta faoliyatini mustahkamlashga yordam bergan. Davlat va jamoat arboblari Karim Boltayev, Qurbon Beregin, Xudoybergan Devonov; yozuvchi va shoirlar Faqiriy, Mutrib, Partav, Chokar, Mugʻanniy, Sayd Nazariy, Umar Qurboniy, Mahmud Ismoilov, Eshmurod Devonov, Xayit Eshmurodov va boshqa gaz.ning ilk muxbirlari boʻlgan. Sahifalarida viloyat hayotiga doir iqtisodiyijtimoiy, maʼnaviy masalalar yoritib boriladi. 1996-yil 3-apreldan "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gaz.lari birlashgan tahririyati tashkil etildi.

Gaz.ga turli davrlarda Bekjon Rahmonov, Afzal Tagirov, Sharif Bulatov, Rahmat Majidiy, Qurbon Beregin, Otaxon Toshxoʻjayev, Egam Rahimov, Erkin Samandarov, Karim Qurbonov muharrirlik qilganlar. Hozirgi muharriri Rustam Iskandarov (1996-yildan). Adadi 3443 (2005).