Xorazm teatri
Turi | Teatr |
---|---|
Maqomi | Faoliyat yuritadi |
Ishga tushgan sanasi | 1922-yil 22-aprel |
Joylashuvi | Al-Xorazmiy ko'chasi, 32-uy, Urganch, Xorazm |
Asoschi(lar)i | Hamza |
Direktori | Ibrohimova Dinora[1] |
Vebsayti | xorazmteatri.uz/ru/ |
Til(lar)i | ruscha |
Xorazm teatri, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1922-yil 22-aprel „Hukumat uyi“ nomi bilan Hamza boshchiligida tashkil boʻlgan. Yetuk sanʼatkor Masharif Polvonov rahbarligida teatr poydevorini yaratgan 12 kishidan iborat (Safo Mugʻanniy, Q. S. Saroymonov, U. Qurboniy, R. Yusupov, O. Bekchurina, M. Yoqubov (Sheroziy), Q. Qutliyev, M. Xarratov, Sh. Saloyev, J. Qalantarov va boshqalar) truppa oʻz faoliyatini kichik asarlar sahnalashtirishdan boshlagan. Hamza oʻz asarlari asosida sahnalashtirgan „Boy ila xizmatchi“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Zaharli hayot“, „Fargʻona fojialari“, „Qarmoq“, „Telefon“, Mannon Uygʻurning „Turkiston tabibi“, Gʻulom Zafariyning „Erk bolalari“ kabilar teatrda qoʻyilgan ilk spektakllar boʻlib, bosh rollarni Masharif Polvonov, Yoqub Devonov, Oysha Bekchurina, Xanskiy, Xanskaya singari aktyorlar ijro etganlar. 1933-yil Xorazm markazi Urganchga koʻchirilishi munosabati bilan teatr ham Urganchga koʻchirilib, Xorazm okrug davlat musiqali drama teatri nomini olgan. Respublikaning turli viloyatlaridan isteʼdodli sanʼatkorlar jalb etildi. M. Sheroziy, R. Omonov, K. Rahimov, Q. Iskandarov, Q. Boyjonov, M. Safoyev, O. Xudoyorova, M. Xudoyorov, S. Devonov, S. Hojiyeva, O. Roʻzmetova, R. Musayev, S. Musayeva, V. Fayozov, O. Qoriyeva, 3. Qobulov, Tamaraxonim, A. Turdiyev, Oxunjon sizits, S. Olimov, Sh. Ramazonov va boshqa shular jumlasidan. Ikkinchi jahon urushi yillari teatr jamoasi harbiy qismlarga xizmat qildilar. Urushdan keyingi yillar M. Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, V. Fayozov, Q. Boyjonov, N. Boltayev, N. Yusupova, S. Rahimova, S. Devonov, M. Raximov, 3. Gʻafforova, R. Otajonova, R. Boyjonova, M. Yusupovdek sanʼat atkorlar teatrni yuksak pogʻonalarga koʻtardilar. „Makr va muhabbat“, „Layli va Majnun“, „Farhod va Shirin“, „Tohir va Zuhra“, „Alpomish“, „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Hamlet“, „Qaroqchilar“, „Monserro“ va boshqa 50—60ylar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. 70—80-yillar teatrda yuksalish davri boʻldi. 3. Qobulov, A. Muhamedov, H. Islomov, H. Appanov, I. Niyozmatov singari malakali rejissyor lar dolzarb va badiiy toʻlaqonli asarlar saxnalashtirdilar. Istevdodli yosh ijodkorlar teatr jamoasiga kelib qoʻshildi. „Kechikkan sevgi“ (A. Ostrovskiy), „Mindaugas“ (Marsinkyavichus), „Hijron“ (S. Rahmon), „Beruniy“ (Uygʻun), „Ibn Sino“ (Shalomayev), „Oltin devor“ (E. Voxidov), „Qaroqchilar“ (F. Shiller), „Ajdodlar qilichi“ (E. Samandarov) kabi spektakllar shu yillar mahsulidir[2].
Mustaqillik davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqillik yillari teatr Xorazm ijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uning ijodiy ravnaqiga ijobiy samarasini berdi. N. Solayev, Q. Matrizayev, Hayitmat Rasul asarlari teatr repertuarini boyitibgina qolmay, uning ijodiy takomillashuviga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Komil Avazning „Marvarid taqqan ayol“, „Feruz“, „Ogahiy“ musiqali dramalari, „Jobbi jujakning hiylasi“, „Tashkildagi hangoma“, „Javohir“, „Tili asalim“, „Nilufar“, „Javlon jurra“ komediyalari; „Avesto — mehr farzandi“ spektakli soʻnggi yillar sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrga turli yillarda M. Polvonov, S. Saroymonov, 3. Qobulov, X. Appanov, H. Islomov, I. Niyozmatovlar bosh rej.lik, L. Abdullayeva, O. Ollaberganov, S. Qodirov, P. Kichkolar bosh rassomlik, A. Otajonov, H. Bobojonovlar bosh dirijyorlik, N. Shabanov, 3. Gʻafforovalar bosh baletmeysterlik qilib keldilar.
Hozirgi kunda (2023) G. Raximova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlardan K. Tojiboyev teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rejissyor i — A.Otajanov, bosh rassomi —Oʻ.Alimova faoliyat yuritib keladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Информация о компании“. Qaraldi: 2-dekabr.
- ↑ „Хоразм вилояти мусиқали драма театри 95 ёшни қаршилади“. Qaraldi: 2-dekabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |