Kontent qismiga oʻtish

Xorioidit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xorioidit (lotincha: chorioida – koʻzning tomirli pardasi) – koʻzning tomirli pardasi yalligʻlanishi. Bunda, koʻz toʻr pardasi ham zararlanadi (xorioretinit). Koʻpincha, sil, zaxm, tugʻruqdan keyingi sepsis, koʻzning shikastlanishi va boshqalar oqibatida kelib chiqadi. Infeksiya tomirli pardaga qon orqali oʻtadi. X.da oʻchokli yalligʻlanish kuzatiladi, keyinchalik tomirli va toʻr pardaning yalligʻlangan qismi atrofiyaga uchraydi, koʻz xiralashadi. Kasallik belgilariga qarab davo buyuriladi, oʻz vaqtida oldi olinmasa bemor koʻr boʻlib qolishi mumkin.