Kontent qismiga oʻtish

Xoshimov Elmurod Abdusattorovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoshimov Elmurod Abdusattorovich
Tavalludi 5-fevral 1983-yil (1983-02-05) (41 yosh)
Oʻzbekiston, Farg'ona viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi Bank ishi, kredit
Ish joylari Bank-moliya akademiyasi ijrochi direktor-rektori

Xoshimov Elmurod Abdusattorovich (aksariyat nufuzli manbalarda: Elmurod Abdusattorovich Xoshimov; 1983-yil 5-fevral, Farg'ona viloyati, Oʻzbekiston) — dotsent va Iqtisod fanlari doktori. 2022-yildan Bank-moliya akademiyasi ijrochi direktor-rektori.

Xoshimov Elmurod Abdusattorovich 1983 yil 5 fevralda Farg'ona viloyati, O‘zbekiston tumanida, ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2004 yilda Toshkent moliya institutining “Bank ishi, kredit” mutaxassisligiga muvaffaqiyatli kirdi. 2006 yilda ushbu universitet magistranti bo‘ldi.

2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Bank-moliya tizimi rivojlanishini tadqiq qilish markazi ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan. 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi Valyuta va pul bozorlarida birja savdolarini tashkillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi – birja makleri bo‘lib ishlagan. Shuningdek, 2009 yilda Mintaqaviy bank o‘quv markazi o‘qituvchi-maslahatchisi, 2010 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nazorat va monitoring boshqarmasi bosh mutaxassisi (o‘rindoshlik asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Bank ishi” kafedrasi dotsenti), 2010 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta ilmiy xodimi-izlanuvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2012-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi mudiri, 2015-2016 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining “Moliyaviy strategiya, investitsiyalar va buxgalteriya hisoboti” kafedrasi dotsenti, bo‘lim boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi “Strategik va moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillarda Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi “Strategik va moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri, “Biznesni boshqarish” kafedrasi mudiri, 2020-2022 yillarda esa Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Strategik va moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri, Magistratura dasturlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Xoshimov Elmurod Abdusattorovich 2022 yildan to hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ijrochi direktori-rektor lavozimida ishlab kelmoqda.