Xosiyat Xusanova
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Xosiyatxon Xusanova | |
---|---|
Tavalludi |
Xusanova Xosiyatxon Ergashovna 1969-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktrisa |
Mukofotlari |
Xusanova Xosiyatxon Ergashovna (1969-yil; Andijon, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2011).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xosiyatxon Xusanova 1969-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. Milliy teatrda 1995-yildan buyon faoliyat yuritib kelyapti. 2011-yili "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Xosiyatxon Xusanova Milliy teatr sahnasida I.Sodiqovning „Afandining besh xotini“da Tamanno, H.Muhammadning „Xotinlar gapidagi chiqqan hangoma“da Bonu, H.Rasulning „Boshi qotgan oshiqlar“ida Yulduz, E.Xushvaqtovning „Chimildigʻ“ida kelin, „Qalliq oʻyin“ida Jumagul, „Andishali kelinchak“da Kupaysin, S.Ahmadning „Ufq“da xonanda, A.Oripovning „Sohibqiron Temur“da kanizak, „Muhabbat sultoni“da kanizak, „Usmon Nosir“da Sofiya, „Daraxatlar tik turib jon beradi“da Felisa, „Ayolgʻu“da Ayol, „Yorugʻlik va yovuzlik“da Yalmogʻiz, „Jodugar kanizak“da Oqilon, „Sehrli tanbur“da Asalari, „Omonat dunyo“da Latofat, „Antiqa qudalar“da Oʻgʻiloy, „Uch kunlik dunyo“da Anora, „Oltin qiz“da Barno, „Bir koshona sirlari“da Hamshira, „Uvaysiy“da Sovchi, „Shayton va farishta“da Shayton, „Oʻtgan zamon xangomalari“da Kanizak, „Neksiya“da Norbuvi kabi bir qator obrazlarini yaratgan.
Badiiy film va videofilmlarda koʻzga koʻringan rollar oʻynadi. „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Oʻgʻiloy, „Charxpalak“da ona, „Koʻngil koʻchalari“da bozorchi, „Qismat“da Xanifa, „Lafz“da Zubayda, „Olovuddinning sarguzashtlari“da Sotti, „Nomus“da Xalima, „Yangi oy chiqqan kecha“da Gulchexra, „Shahzoda va Kanizak“da Kanizak, „Muhabbatimsan“da Ona, „Mohinur“da Pochtalyon, „Taqdir“da Gul sotuvchi, „Dev va Pakana“da Saidaxon, „Afyun girdobi“da Hanifa, „Sehrli uzuk“da Singil, „Kelgindi kuyov“da Yoʻlovchi, „Zabarjad“da Ayol va boshqa koʻplab rollarni ijro etgan. Shoʻx, xarakterli obrazlarni meʼyoriga yetkazib ijro etadi.[1]
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2005 | Kelgindi kuyov | Yoʻlovchi | |
Begona hayot | |||
2007 | Boyvachcha | ||
2009 | Uqubat | ||
Oʻzimdan oʻzimgacha | |||
Uylanish | Holida: Javohirning onasi | ||
2010 | Adashgan sovchilar | ||
2011 | Xizmat doirasidan tashqarida | ||
Er bermoq jon bermoq | |||
Oʻxshatmasdan uchratmas | |||
Oling quda bering quda | |||
2012 | Yolgʻizginam | ||
Super qaynona | |||
Ijarachilar | |||
Andijonlik mehmon | |||
Mehribonim | |||
2013 | Janob qorovul | ||
Novda | |||
Qudamni koʻrmadingizmi? | |||
Xazina operatsiyasi | |||
Osiy banda | |||
Hasan ibn Husan | |||
Ana xolos | |||
Sevgi farishtasi 2 | |||
Ajab boʻlibdi | [2] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hosiyat Husanova haqida, oilasi, instagram, rasmlari“. savol-javob.com. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
- ↑ „Hosiyat Husanova haqida“. buluteka.com. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.