Xristo Taxchidiy
Xristo Periklovich Taxchidiy | |
---|---|
Tavalludi |
23-yanvar 1953-yil Sirdaryo, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR→ Rossiya |
Ish joylari | Rossiya Fanlar Akademiyasi |
Taʼlimi | Sverlovsk davlat tibbiyot universiteti |
Xristo Periklovich Taxchidiy (1953-yil 13-yanvar, Sirdaryo viloyati, Oʻzbek SSR) – rossiyalik oftalmolog, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xristo Periklovich Taxchidiy 1952-yil 13-yanvarda Sirdaryo viloyatining Mirzachoʻl tumanida istiqomat qiluvchi yunon millatiga mansub oilada tugʻilgan[1]. Uning bobosi Turkiyaning shimoliy qismida tugʻilgan boʻlib, Trapezund imperiyasida yashagan yunonlarning avlodlari boʻlgan. 1949-yilgi surgunlar davrida Xristo Taxchidiyning ota-onasi Oʻrta Osiyoga surgun qilingan[2][3].
Xristo Taxchidiy 1976-yilda Sverdlovsk davlat tibbiyot institutining davolash ishi fakultetini tamomlagan. 1970-yildan 1982-yilgacha xuddi shu institutda koʻz kasalliklari kafedrasi dotsenti yordamchisi, keyinchalik esa dotsenti sifatida faoliyat yuritgan. 1982—1986-yillarda esa tibbiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 1983-yilda oftalmologiya boʻyicha nomzodlik, 2001-yilda koʻz kasalliklarini davolashda mikrojarrohlik texnologiyalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1987-yildan 2001-yilgacha Fyodorov nomidagi koʻz mikroxirurgiyasi kompleksining Yekaterinburgdagi filiali direktori boʻlgan[4][5].
Xristo Taxchidiy bir qator xorijiy oftalmologik jamiyatlarning aʼzosi, Butunrossiya oftalmologlar jamiyati boshqaruvi Kengashi aʼzosi boʻlgan. 2003-yilda u professorlik darajasiga erishgan.
Xristo Taxchidiy 2002—2011-yillarda Yevkidimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan[6]. 2013-yildan boshlab esa Rossiya milliy tadqiqot universitetining tibbiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida ishlay boshlagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xristo Taxchidiy 2001-yilda Yevropa jarrohlar jamiyati tomonidan, 2002-yilda esa Yunoniston oftalmologiya jamiyati tomonidan maxsus mukofotlar bilan mukofotlangan. 2005-yilda Rossiya hukumatining fan va texnika sohasidagi mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2019-yil 15-noyabrda Rossiya fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Краснопольская И. С глазу на глаз : Фёдоровский центр жив // Российская газета. — 2003. — № 136 (3250), 11 июля. Архивировано 12 sentyabr 2017 года.
- ↑ „Профессор Христо Тахчиди: прозрение в будущее… / Наука и жизнь, 2010, № 9“. 2016-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
- ↑ „Жертвы политического террора в СССР“. 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
- ↑ „Уволенный со скандалом глава «Микрохирургии глаза» восстановлен на посту“ (deadlink). 2012-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
- ↑ „Главу «Микрохирургии глаза» Христо Тахчиди вновь уволили“. 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
- ↑ Ofitsialnie itogi viborov v RAN (Wayback Machine saytida 2015-12-25 sanasida arxivlangan)
- ↑ Постановление Правительства Российской Федерации от 20 февраля 2006 г. № 96 «О присуждении премий Правительства Российской Федерации 2005 года в области науки и техники» // Российская газета. — 2006, 1 марта. Архивировано 3 noyabr 2011 года.