Kontent qismiga oʻtish

Xromatida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xromatida (yun. chromatos — rang, boʻyoq) — xromosomaning tuzilma elementi (qarang Xromosoma). Hujayra yadrosi interfazasi davrida DNK molekulasining ikki hissa ortishi (replikatsiyasi) natijasida hosil boʻladi. X. mitozning metafazasida ayniqsa yaxshi koʻrinadi. Bu davrda xromosoma 2 ta X.dan iborat. Ular birlamchi belbog (sentromera) orqali oʻzaro birikkan boʻladi. Mitoz anafazasida sentromera uzilib, X. yangidan hosil boʻladigan qizlik yadrolarga tarqaladi va mustaqil (qizlik) xromosomalarga aylanadi. [[Meyozda gomolog xromosomalar oʻzaro yaqinlashib, toʻrtta xromatidadan iborat tetradani hosil qiladi (qarang [[Meyoz). X. oʻrtasidagi farq krossingover natijasida yoki har xil X.ning qismlari oʻrtasida oʻzaro almashinuv tufayli paydo boʻladi. Ayrim fizik va kimyoviy omillar taʼsirida bunday almashinuv tezlashadi. Almashinuvlar natijasida irsiy xilmaxillik (genetik geterogenlik) ortadi.