Kontent qismiga oʻtish

Xromatin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xromatin — oʻsimlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy boʻyagichlar taʼsirida kuchli rangga kiradi; hujayralar boʻlinganda xromosomalarda maʼlum shaklni oladi. "X." terminini 1880-yilda fanga nemis gistologi V.Flemming kiritgan. Hozirgi zamon sitologiyasida X. deb interfazadagi xromosoma moddasi tushuniladi. X. tarkibiga dezoksiribonuklein kislota (DNK) (30— 40%), ribonuklein kislota (RNK), gistonlar va giston boʻlmagan oqsillar kiradi. X.ning asosiy tarkibi dezoksiribonukleoproteid iplaridan iborat.