Kontent qismiga oʻtish

Xuan Ba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xuan Ba — (?—mil.avv 51-yil) Xitoy Xan sulolasi davlat amaldori. Yansya uyezdida mahalliy zodagon oilasida tugʻilgan. Yansya uezdi Xitoyning hozirgi Xenan oʻlkasi, Tayxan uyezdi hududida joylashgan boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi nomi Si tun vafotidan keyin Din xou unvoni berilgan. Xuan ba yoshligida huquqshunoslikka oid bilimlarni chuqur oʻrgangan. Xan imperatori U-di mil.avv. 156—87-yillarda yashagan. 141—87- yillarda imperatorlik qilgan) hukumronligi davrida davlat aparatida Shilan unvoniga ega boʻlgan. Ammo, uning ukasi jinoyat ishiga aralashib qolganligi sababli lavozimidan ozod qilingan. Oradan koʻp vaqt oʻtmay poytaxt okrugida kichik amaldor lavozimiga tayinlanishga erishgan va maoshi ikki yuz dan (qop maʼnosini bildiradi) miqdorida don mahsuloti belgilangan. Xaun Ba oʻzining yumshoq va saxiyligi bilan kishilar diqqatini oʻziga tortgan. Bu xislati oʻzidan yuqori turuvchi amaldorlar bilan til topishda yordam bergan va Xuan Ba mansabi pillapoyalaridan tez koʻtarilib borgan. Imperator Syuan-di (mil.avv. 91—49-yillar) hukumronligi davrida sud mahkamasi boshligʻi lavozimiga koʻtarilgan[1]. Bir muddat Yanchjou tumani nspektori sifatida faoliyat olib borgan va ishchanligi, yumshoq tabiati, saxiyligi sababli Inchuan oʻlkasi boshligʻi darajasiga koʻtarilgan. Ushbu lavozimda Xuan Ba sakkiz yil ishlagan va oʻz boshqaruvidagi okrugni Xan imperiyasidagi namunali darajadagi oʻlkaga aylantirgan. Xuan Ba keyinroq bir muddat bosh senzor vazifasini ham bajargan. Davlat oldidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. Imperator nazariga tushib, mil.avv. 55- yilda Xaun Ba imperator Syuan-di tomonidan Syanchen-xou unvoniga munosib deb topilgan. Bu Xan imperiyasi imperatorning bosh maslahatchisi lavozimi boʻlib, ushbu mansabda Xuan Ba mil.avv. 51-yilgacha, yaʼni vafot etgunga qadar faoliyat olib borgan [2]


  1. Gumilyov L.N. Xunnu. Moskva: Nauka, 1960 — 357-bet. 
  2. Bichurin N.Ya. (Iakinf). Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Аzii v drevnie vremena, Moskva, 1950 — 287-bet.