Xudo hofiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xudo hofiz (forscha: خداحافظ, Pushtun: خداۍ حافظ (khuday hafiz), bengalcha: খোদা হাফেজ (Khoda Hafej), urdu: خُدا حافِظ (Xudā Hāfiz), hindcha: ख़ुदा हाफ़िज़, kurdcha: خودا حافیز, ozarbayjoncha: Xüdafiz) — fors tilidagi „Xodafez“ soʻzining qisqartirilgan shakli boʻlib, Eron, Afgʻoniston va Hindiston yarim orolida, shuningdek, oz miqdorda boʻlishiga qaramay, Ozarbayjon, Iroq hamda Kurdistonda foydalanib kelinayotgan forsiy jumla. Bu jumla xayrlashuv jarayonida xayrli tilak sifatida qoʻllanib kelinadi. Tilak Eronda yashovchi musulmonlardan tashqari musulmon boʻlmagan Janubiy Osiyo aholisi hamda xristianlar tomonidan ham keng foydalaniladi[1][2].

Maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jumlaning tarjimasi „Xudo panohida boʻl“dir. Jumladagi fors tilidagi xudo va arab tilidagi hofiz „asrovchi, qoʻriqlovchi“ kabi maʼnolarda keladi. Ushbu ibora fors/pushtun tilidan olingan boʻlib, keyinchalik ozarbayjon, kurd, sindhi, urdu, hind, bengal, panjob va boshqa tillarga oʻtgan[1][3].

Hofiz soʻzi Qurʼonda 40 maratoba ishlatilgan boʻlib, ularning 13 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri Ollohga, 4 tasi farishtalarga, 6 tasi paygʻambarlarga, 2 tasi Lavhi mahfuz nomli kitobga va qolganlari insonlarga nisbatan ishlatilgan. Shuningdek, turli hadislarda ham Xudo hofiz iborasi orqali Ollohga, farishtalarga va insonlarga nisbat berilgan[4].

Romanizatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Transliteratsiyasi turli tillarda Khudā Hāfiz, Khudā Hāfez ve Khodā Hāfiz shaklida olinishi ham mumkin[5].

Aytilish shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston va Bangladesh kabi hududlarning islomlashuvi jarayonida fors tilidan koʻra koʻproq Qurʼon tili boʻlgan arab tilining oʻrni muhim ahamiyat kasb etganligi tufayli Allah Hafiz tarzida aytiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Allah Hafiz instead of Khuda Hafiz, that's the worrying new mantra“. Indian Express. 2007-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 8-mart.
  2. Shamim, Almas Kiran „Allah Hafiz vs. Khuda Hafiz“ (en). Two Circles (2011-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
  3. Shamim, Almas Kiran „Allah Hafiz vs. Khuda Hafiz“ (en). Two Circles (2011-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
  4. „HAFÎZ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  5. „good-bye. (n.d.). Online Etymology Dictionary.“. dictionary.com. Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]