Xudoning onasi, Moldaviya ikonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xudoning onasi (Bibi Maryam), Moldaviya ikonasi — Afonda avliyo Ioann Predtechi Moldaviya Skitida joylashgan, Muqaddas Xudoning onasi (Bibi Maryam)ning moʻjizaviy ikonasidir. Ushbu ikonani nishonlash 12 (25)-iyulda boʻlib oʻtadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afsonaga koʻra, 1863-yilda Moldaviya Skiti igumeni Moldaviyada boʻlganida, monastir uchun Muqaddas Xudoning onasi (Bibi Maryam) ikonasini buyurtma qilish uchun taqvodor rassom topmoqchi boʻlgan. Yassi shahrida u keksa bir rassomni topadi va undan ikonani yolgʻiz qolib faqat och qoringa chizishni soʻraydi. Rassom ish boshlaydi, lekin u Xudoning onasi va Najotkorning yuzini tasvirlay olmaydi. Rohiblarning maslahati bilan rassom roʻza tutishni va ibodat qilishni boshlaydi. Bir kuni ertalab ibodatdan keyin u ustaxonaga qaytib keladi va Xudoning onasi va chaqaloq Isoning yuzlarining tasviri oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolganligini koʻradi. Moʻjiza haqidagi mish-mish iymonlilar orasida tez tarqaladi va odamlar muqaddas suratga sigʻinish uchun toʻplana boshlaydilar[1]. Shundan soʻng, ikona oʻzining moʻjizalari bilan mashhurlikka erishgan.

Bu ikona Moldaviya Afon ikonasi[2] va Ruminiya ikonasi[3] deb ham ataladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buxarev I. Moldavanskaya chudotvornaya ikona Presvyatoy Bogoroditsi // Svyataya Rus. Ensiklopedicheskiy slovar russkoy sivilizatsii. — M., 2000.