Xudoybergan hoji
Qiyofa
Xudoybergan hoji (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) — xivalik gʻishtkor, toshtarosh usta. Madrasalar qurishga ixtisoslashgan. K,alandar Koʻchum bilan hamkorlikda ishlagan. Koʻproq minora, guldasta, gumbaz kabi murakkab ishlarni bajargan; Islomxoʻja madrasasi va minorasi, Krzi kalon (Salim Oxun) (1905), Abdurasulboy (1906) madrasalari, Matpanoboy madrasasi, Tolib Maxsum madrasasi va boshqa qurilishida ustaning ish uslubiga ijodiy erkinlik, ish jarayonida loyihani osongina oʻzgartira olish xos boʻlib, anʼanaviy meʼmorlikda gʻisht terish, sement qorishma ishlatish, toʻl bilan yopishni qoʻllagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |