Kontent qismiga oʻtish

Xududiy kommunal foydalanish birlashmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toshkent shahar tumanlarining kommunal taʼmirlash, halokat holatlarida tiklash xizmatlari, issiqlik, issiq va sovuq suv taʼminoti, oqava suv xizmatlarining xududiy korxonalari va tashkilotlari xamda kommunal maqsadlardagi boshqa xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi qaroriga asosan[1] Toshkent shahar xokimligining uy-joydan foydalanish boshqarmasi negizida tashkil etilgan. Aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga kompleks kommunal xizmatlar koʻrsatish, ularni ichimlik suvi, markaziy isitish bilan taʼminlashni tashkil etish hamda uy-joy kommunal xujaligi obyektlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda uy-joylardan foydalanish korxonalari (shirkatlari)ga koʻmaklashish, koʻp qavatli uylarni toʻliq taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xamda yagona buyurtmachi xizmatlarini, uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha muqobil pudratchi tashkilotlarini shakllantirish uchun tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar yaratish, tumanlardagi daha va mavzelarni obodonlashtirish hamda sanitariya jixatidan tozalash ishlarini tashkil etish bilan shugʻullanadi. Birlashma tarkibida „Toshissiqlikquvvati“ ICHB, „Toshkent issiqlik markazi“ OAJ, „Suvsoz“ davlat unitar korxonasi, „ Toshshaxarnur“ ICHB, „Sharq-shabada“ YOAJ, „Toshkentlift tresti“, „Maxsustrans“ ICHB, „Toshkent kommunal taʼminoti“ OAJ, „Kommunal taʼmirlash“ MCHJ va boshqa tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi[2].

  1. https://lex.uz/docs/-752321?ONDATE=22.07.1993
  2. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 762-763.

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.