Kontent qismiga oʻtish

Xuli xalqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Huli aborigen
Huli aholisi Kutaun musiqa festivalida, Avstraliya, 2005-yil

Khuli — Southern Highlands (Papua-Yangi Gvineya) provinsiyasida taxminan 1000-yillardan buyon yashab kelayotgan papua xalqi. Aholisi taxminan 150 000 kishi (eng yirik papua xalqlaridan biri). Asosiy tili Trans-Yangi Gvineya oilasiga mansub Sharqiy Gvineya togʻboʻyi tillar guruhiga kiruvchi huli tilidir[1][2]. Taxminan 70 000 kishi ushbu tilda soʻzlashishi aytiladi. Huli klanlar (hamigini) va kichik klanlarga (hamigini emene) boʻlinadi.

Huli jamiyatida koʻpxotinlik mavjud, erkaklar bir nechta xotinga ega boʻlishlari mumkin. Ammo, aksincha, ayollar koʻp erga ega boʻla olmaydi. Ekzogamiya va umuman qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh maʼn qilingan. Kelinning oilasi koʻpincha choʻchqa yoki boshqa chorva mollari shaklida qalin oladi. Qolaversa kuyovboʻlmish uyni qurish uchun mas’uldir. Ayollarning vazifalari bolalarga qarash, bogʻdorchilik va choʻchqachilikni oʻz ichiga oladi. Oʻgʻil bolalar, odatda 10 yoshdan boshlab otasi bilan yashashni boshlaydi. Ayolning farzand koʻra olmasligi, yaʼni bepushtligi ajralish sababi boʻlishi mumkin.

  1. Народы мира: Историко-этнографический справочник/Гл. ред. Ю. В. Бромлей. Ред. коллегия: С. А. Арутюнов, С. И. Брук, Т. Ф. Жданко и др.— М.: Советская Энциклопедия, 1988.— 624 с.: ил., 6 л. цв. карт.
  2. W. M. Rule A Comparative Study of the Foe, Huli, and Pole Languages of Papua New Guinea — University of Sydney, 1977 — 124 p.