Kontent qismiga oʻtish

Xunuklik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xunuklik — estetika tushunchasi. Inson goʻzalligi, shaʼni, qadrqimmati va ideal tasavvurlarga xilof keladigan xususiyat, narsa va hodisani ifodalaydi. Goʻzamiknint aksi. X. kishida turli xil salbiy histuygʻu, noxush kayfiyat, taassuf va nafrat qoʻzgʻatadi, yoqimsiz taassurot qoddiradi. X. — oʻzida nuqsonni ifodalaydi. U — insonning intellektual va iroda kuchiga boʻysunishi mumkin boʻlgan, shaxs, jamiyat uchun toʻgʻridantoʻgʻri xavf tugʻdirmaydigan, kelajakda insoniy imkoniyatlar doirasida shaklan yoki mazmunan ijobiy oʻzgarish kasb eta oladigan muvaqqat xususiyat. Shu nuqtai nazardan goʻzallik bilan uzviy boglik. Qad. xitoy donishmandlari X.ning ham oʻziga xos ahamiyati borligini taʼkidlab, odamlar X. orqali goʻzallik nimaligini anglab yetadilar, degan fikrni bildiradilar (Lao Szi). Yunon mutafakkirlari goʻzallikning X.ka oʻtib turishi mumkinligini aytadilar, bu fikrni yosh, goʻzal yigitning keyinchalik kasal qariyaga aylanishi bilan izohlaydilar (Aristotel). Shu maʼnoda X.ni qadrning qadrsizlanishi tarzida talqin qilish mumkin. X. sanʼat asariga koʻchganida, sanʼatkor mahorati va sanʼat qonuniyatlari vositasida oʻzining obʼyektdagi jirkantiruvchi jihatlarini yoʻqotadi, goʻzallikka aylanadi, ayni paytda, mazkur obʼyektga boʻlgan insondagi salbiy munosabat ongida saqlanib qolaveradi. Bu holat badiiy asarni idrok etuvchi kishining axloqiyestetik tarbiyasiga taʼsir koʻrsatadi.