Xurram Rayimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xurram Rayimov-shoir, jurnalist.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurram Rayimov 1950-yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach Respublika tibbiyot bilim yurtida tahsil olgan. Termiz Davlat Universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Shoir Denov tuman Sogʻliqni saqlash muassasalarida tish shifokori, soʻng tumandagi „Gʻalab uchun“ (hozirgi "Chagʻoniyon") gazetasida boʻlim muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek Surxondaryo teleradiokompaniyasida maʼsul muharrir vazifasida ham samarali faoliyat yuritgan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning „Mohitabonim“, „Qoʻsh qanot“, „Bola bilan kapalak“, „Men kichik kashfiyotchi“, „Oq tulpor“, „Sabr daraxti“, „Koʻngil mujdalari“, „Qalbimdagi qush“, „Inja tuygʻular“, „Meni shoir qilgan muhabbat“ kabi oʻnlab sheʼriy toʻplamlari va „Yurak uxlamaydi“, „Baxtli yashang, odamlar“(hammualliflikdagi) publitsistik kitoblari nashr etilgan. ''Surxondaryolik shoir Xurram Rayimov sizga yaxshi tanish. Chunki Xurram bobo juda bolajon ijodkor. Shu bois aksariyat sheʼrlari bolalarga bagʻishlangan. Yaqinda ''Tamaddun'' nashriyotida ijodkorning ''Meni shoir qilgan muhabbat'' nomli yangi sheʼriy toʻplami chop etildi. Unda shoirning Vatanga boʻlgan iftixor, onaga boʻlgan mehri, bolalikka sadoqati oʻz aksini topgan.'' deb yozadi ''Gulxan''junali oʻzining rasmiy saytida.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir Xurram Rayimov Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Adib Sobir Termiziy mukofoti sovrindori, „Eng ulugʻ, eng aziz“ koʻrik-tanlovi gʻolibi hamda Gretsiyaning „Antik dunyo“ xalqaro ilmiy Akademiyasi professoridir.

Hozirda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayni paytda Xurram Rayimov „Tadbirkor va isteʼmolchi“, „Taraqqiyot va yoshlar“, Respublika gazetalarining viloyatdagi maxsus muhbiridir.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

НУРГА ТЎЛГАН ЧАМАН БУ

Қайда бор бундай чаман?
Ўтганми бирор замон?
Тарихда хеч учраганми,
Бундай болажон макон?

Чарақлаб турар осмон,
Дилларни эзмас армон.
Юлдузларнинг барчаси,
Бу холни кўриб хайрон.

Ой хам болани махтар,
Сой хам болани ёқлар.
Болаларга қўшилиб,
Булбуллар кўнглин чоғлар.

Чарақлаб, келгусидай,
Болалар кулгусидай.
Қордай оппоқ тонг отар,
Гўдаклар туйғусидай.

Нурга тўлган чаман бу,
Бахтга тўлган томон бу.
Болажонлар бахтига,
Доим бўлсин омон у.


QUSHLAR KABI QANOT QOQ

       * * *
Bola, bola, jon bola,
Orzusi jahon bola.
Keng olamni rom etgan,
Shodmon, bearmon bola.

O‘yin birla banddirsan,
Asaldirsan, qanddirsan,
Jonlarga payvanddirsan,
Bola, bola, sen bola.

(https://teletype.in/@uzasgzt/pu_j22IEubj) https://t.me/uzasgzt/407


БЕРИЛИБ КЎП ТУЖЖОРАТГА , ҚОЛИБ КЕТМАНГ ХИЖОЛАТГА

Очиқ бозор, сочиқ бозор,
Савдо қайнар хар қадамда.
Исталганча мол-мулклар бор,
Пул бўлса бас хамёнда.

Хар қадамда Маркет гуллар,
Қайда қолди шархловчилар?
Бирга олиб, ўнга пуллар,
Маркетдаги нақдловчилар.

Тахмонларда тўлиб кетган,
Турфа рангли хўб сара мол.
Узоқ йиллар кўплар кутган,
Молларга боқ бўлмасдан лол.

Сиз тужжорлар кўп суюнманг,
Сотув даври келибди деб.
Эл хақига кўп тегинманг ,
Ажаб замон бўлибди деб.

Сотувда хам чегара бор,
Ўтманг қизил чизиқлардан.
Қайнаб тошар хар кун бозор,
Чиқманг қонун-ёзиқлардан.

Хамма нарса мумкин дея,
Борманг одам овларига.
Инсофини еганларнинг,
Тушуб қолманг ғовларига.

Хато ўйлаб, тужжорат деб,
Ўтманг одам савдосига.
Айланмангиз билиб туриб,
Сотқинликнинг шайдосига...

Берилиб кўп тужжоратга,
Қолманг ортиқ хижолатга...