Kontent qismiga oʻtish

Xurshid (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"XURSHID" ("Quyosh") — ilk oʻzbek gazetalaridan biri. "Ilmiy, adabiy, siyosiy, madaniy, turkcha jaridai islomiyadur". 1906-yil 7-sentabrdan haftada 1 marta Toshkent shahrida nashr etila boshlagan. Ilin bosmaxonasida dastlab toshbosma (kotibi Oʻtab Rasulov), soʻng mixbosmada bosilgan. Noshir va muharriri Munavvarqori Abdurashidxonov.

Gaz. "hech partiyaga mansub emasmiz, milliy betaraf, toʻgʻrihaqqoniyatchimiz" degan fikrga amal qilgan. "Felyeton", "Axbori doxiliya", "Axbori xorijiya" ruknlari ostida kundalik muammolar, siyosiy ahvol, xalqaro vaziyat, milliy turmush masalalari haqida maʼlumot berib borgan. "Tarjimon", "Vaqt", "Ulfat" gaz. laridan siyosat, xalqaro vaziyat va milliy masalalarga oid maqola va xabarlarni koʻchirib bosgan. Matbuotning milliy madaniyatdagi oʻrni va rolini toʻgʻri tushuntirib bergan. Soʻl yoʻnalishdagi asarlarni bosgani uchun chor Rossiyasining Turkiston senzurasi tomonidan toʻxtatib qoʻyilgan.