YDTQQM

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YDTQQM - Yosh Dasturchilarni Tayyorlash va Qo'llab Quvvatlash Markazi (YDTQQM kompaniyalar guruhi). YDTQQM asosiy ish faoliyati dasturiy taʼminot mahsulotlarini yaratish, raqamli grafika va animatsiyalashtirish soxalaridagi mutaxasislarni tayyorlashdan hamda Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirishdan iborat.

Yosh Dasturchilarni Tayyorlash va Qo'llab Quvvatlash Markazi 2004 yilda Oʻzbek Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi tashabusi bilan hamda mahalliy IT kompaniyalar hamkorligida tashkil etildi. Jadal rivojlanish jarayonida YDTQQM dan oʻzining faoliyat yo'nalishiga ega bo'lgan mustaqil IT kompaniyalar shakllanib ajralib chiqdi. Ushbu kompaniyalar bilan uyg'unlikdagi faoliyat natijasida IT-mutaxassislarini tayyorlovchi umumlashgan muhit tashkil etildi.